Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning 5 ta muhim qoidasi

1-qoida.
Kunda 3 mahal asosiy ovqatlanish shart:
– nonushta;
– tushlik;
– kechki ovqat.

Asosiy taomni imkon boricha, qorin ochmasdan bir vaqtda iste’mol qilish kerak. Shuningdek, asosiy ovqatdan avval 1 stakan suv ichish lozim.

2-qoida.
Suv ichgandan so‘ng va asosiy ovqatdan avval xom sabzavotlar (pomidor, bodring, karam, rediska, bulg‘or qalampiri, qizil sab­zi, turp, salat bargi va boshqa ko‘katlar)ni alohida yoki salat ko‘rinishida iste’mol qiling. Salatga uyda tayyorlangan mayonez, qatiq/sho‘r bo‘lmagan suzma yoki zaytun, kungaboqar moyi va limon sharbati qo‘shish mumkin.

3-qoida.
Asosiy ovqatdan so‘ng 2 soat oralig‘ida 30 daqiqagacha jismoniy yuklama (1 soniyada 2 qadam tashlab piyoda yurish yoki velosiped haydash yoki shunga o‘xshash jismoniy faollik) bo‘lishi shart.

4-qoida.
Ho‘l mevalarni kunning birinchi yarmida asosiy ovqatdan 2 soat keyin iste’mol qilish maqsadga muvofiq.

5-qoida.
Agarda uyquga ketishdan avval qorin ochsa, suvda qaynatilgan 2 ta tuxum oqi yoki 50-100 gramm atrofida oq go‘sht (tovuq, kurka to‘sh go‘shtlari) yoki yarim stakan yog‘siz qatiq/kefir iste’mol qilish mumkin.

Feruza TOHIROVA,
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bo‘lim boshlig‘i,

tibbiyot fanlari nomzodi

Yana o‘qing:  SOG‘LOM BOLA – JAMIYAT KO‘RKI, MAMLAKAT TAYANChI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: