Appenditsitdan darak beradigan belgilar…

Taomlanishdagi o‘ziga xos xususiyatlar va iqlim sharoiti tufayli yurtimiz aholisi orasida oshqozon-ichak tizimi kasalliklari tez-tez uchraydi. Shulardan biri o‘tkir ko‘richak (appenditsit) xastaligidir.

O‘tkir appenditsit – chuvalchangsimon o‘simtaning yallig‘lanishi hisoblanib, oshqozon-ichak tizimining eng xavfli kasalliklaridan biri. Ayniqsa, u jiddiy asoratlarning tez rivojlanishi va paydo bo‘lishi bilan juda xatarli.
Har bir inson hayoti davomida o‘tkir appenditsitga duch kelish ehtimoli yuqori. Xastalik asosan 5-40 yoshli odamlarda ko‘p kuzatiladi. 40 yoshdan keyin uning yuzaga kelishi ehtimol past, lekin butunlay uchramaydi, degani emas.


Tez-tez ich qotishlari, ichak peristaltikasining buzilishi, taomlarda o‘simlik tolalarining yetishmasligi, me’yoridan ortiq ovqatlanish, me’da-­ichak tizimining bir qator yuqumli xastaliklari va parazitlar uni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar hisoblanadi.

Shuningdek, irsiy moyillik, yomon odatlar (tamaki chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish), stresslar, vitaminlar va mikroelementlarning yetishmasligi tufayli immunitetning zaiflashishi ham ushbu xastalikka sabab bo‘lishi mumkin.

O‘tkir appenditsitning eng asosiy belgisi qorin bo‘shlig‘idagi kuchli og‘riqlar bo‘lib, u asosan kechasi yoki ertalab paydo bo‘ladi. Kataral bosqichda og‘riq birinchi marta butun qorin bo‘shlig‘iga tarqaladi yoki uning yuqori qismida kuzatiladi.

Biroq keyinchalik kindikdan pastga va beldan biroz yuqoriga siljiydi. Vaqt o‘tishi bilan og‘riq tabiati ham o‘zgarib, kulganda yoki yo‘talganda va chuqur nafas olganda kuchayadi.
Qolaversa, ich qotish yoki ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish appenditsitning asosiy belgilari hisoblanadi.
O‘tkir appenditsit kattalarga qaraganda bolalarda kuchli va tez kechadi. Ya’ni, 6-12 soat o‘tmasidanoq, appenditsit devori chirib, yorilishi va qorin bo‘shlig‘iga yiring tarqalib ketishi mumkin.
Shu bois agar yuqoridagi belgilar kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish lozim.

Appenditsit odatda jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. Ba’zida uni olib tashlamasdan, konservativ muolaja qilish mumkin va bu holatda bemorga antibiotiklar buyuriladi.

Nozim O‘RMONOV,

jarroh

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda oliygoh maqomidagi ilk madrasa ro‘yxatdan o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: