Orzular amalga oshgan makon

Poytaxtimizda mamlakatimizdagi ilk osmono‘par bino – Nest One qurilishining yakunlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Endilikda balandligi 267 metrdan iborat bo‘lgan osmono‘par bino – Nest One dastlabki yashovchilarini kutib olishga tayyor.

Poytaxt manzarasi to‘liq va yorqin ko‘zga tashlanadigan binoda restoran va hashamatli xonadonlar, rezidentlar uchun  33 ta jamoat hududlari  tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

 To‘rt yil mobaynida shiddatli kuch-g‘ayrat va shijoat bilan qurib bitkazilgan, ekotizimga ega mazkur bino do‘kon va restoranlar, bolalar maydonchalari, qishgi bog‘, dam olish va sport hamda ko‘plab maishiy-ijtimoiy hududlarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Matbuot anjumani “Murad Buildings” asoschisi, investor Murod Nazarov va Turkiyalik “Ozguven” kompaniyasi asoschisi Ozgur Onur Ozguvenning qutlov va tabriklari bilan boshlandi.

    — Ko‘p mashaqqat va qiyinchiliklar, ko‘plab mehnatkash va bag‘rikeng insonlarning, xususan, tajribali muhandislar mehnati bilan bunyod etilgan mazkur osmono‘par – Nest One O‘rta Osiyo davlatlari ichida ikkinchi o‘rinda turuvchi baland binodir. U qisqa vaqt ichida jahon talablari darajasida qurilgan betakror binodir, – dedi faxr bilan Murod Nazarov.

Investorlar ishtirok etgan mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bu katta loyihani ruyobga chiqarish, loyihalashtirish va qurilish ishlariga sarf etilgan kuch, pandemiya davridagi qiyinchiliklar, sohada qo‘llanilgan ko‘plab novatorlik konsepsiyalarining uyg‘unlashtirilgani, murakkab muhandislik hisob-kitoblari, jahon texnologiyalari va halqaro standartlardagi yong‘in xavsizligi inobatga olingan binoning shamol va zilzilabardoshlikka chidamliligi, vintilyasiya, kommunikatsiya kabi aholining yashashi uchun qulayliklar haqida ma’lumot berishdi.

All Inclusive xizmatlar konsepsiyasi  asosida bunyod etilgan Nest Oneda jami 1029 ta xonadon va 29 ta tezyurar lift mavjud bo‘lib, 20 VIP xonadon 41- va 51-qavatlar oralig‘ida joylashgan.

Anjuman nihoyasida investorlar jurnalist va blogerlarning binoning buyod etilishi mavzusiga qaratilgan savollariga javob berishdi.

Binoga sayohat yanada qiziqarli bo‘ldi.

28-qavatdagi yugurish yo‘lakchasiga ega sport maydoni, kardio-mashg‘ulotlar zali, yopiq suv hazasi, SPA–majmuasiga ega fitnes markaz, bolalar o‘yin maydonchasi, kinozal, cho‘milish havzasi, karaoke kabilar, 44-qavatdagi Sku Villas shourumi,  48- va 52-qavatlardagi tomosha terra zallari, yuqori qavatdagi rezidensiyalar, ayniqsa, shaharning bo‘y-basti bilan kaftdek ko‘rinib turishi barchani hayajonga soldi.

Yana o‘qing:  2017 yilda poytaxt ko‘chalarini joriy va kapital ta’mirlashga 70 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: