Saraton kasalligining oldini olish
“The Archives of Internal Medicine” (“Ichki tibbiyot arxivlari”) nomli nashrda chop etilgan bir izlanish ko‘p miqdorda monoto‘yinmagan yog‘ iste’mol qiladigan ayollarda ko‘krak saratonining kamroq rivojlanish xavfi tug‘ilishi haqida yozadi.
Buffalo universiteti hamda Nyu-York universiteti olimlari tomonidan olib borilgan boshqa bir izlanish esa zaytun moyi kabi o‘simlik moylarida olinadigan yog‘ prostatada saraton hujayralari paydo bo‘lishining oldini olishda yordam berishini isbotladi. Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, zaytun yog‘i hujayraning ichki aloqa tizimini kuchaytiradi va shu yo‘sinda hujayra bo‘linishi boshqarib bo‘lmas darajaga yetmasdan saraton kasalligining oldini olish mumkin. Oksford universitetida shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot zaytun moyi ichak saratoniga qarshi himoyaviy ta’sirga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Shifokorlar zaytun moyi ichak saratoni boshlanishining oldini olish uchun me’da shirasi bilan reaksiyaga kirishishini aniqladilar. Tadqiqotchilar fikricha zaytun moyi safro miqdorini kamaytirib, diamin fermenti oksidazasining miqdorini ko‘paytiradi va shu tariqa organizmni anomal (nuqsonli) hujayra o‘sishi hamda saratondan himoya qiladi.