Islomxo‘janing orzusi

Buvam “vaqtingni bekor o‘tkazma”, deb ko‘p bora takrorlaydilar. U kishining turtkisi bilan 2013 yilning sentabridan o‘zim tahsil olayotgan 66-umumta’lim maktabi qoshidagi kikboksing to‘garagiga qatnay boshladim. Bu sport turiga bunchalar qiziqib qolaman, deb sira o‘ylamagan edim. Kikboksing bilan shug‘ullanayotganimdan buyon o‘zimga bo‘lgan ishonch va qat’iyat kuchaydi.

Kikboksingga qiziqishim va ustozim Islomxo‘ja Sharifxo‘jayevning talabchanligi tufayli kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi Toshkent shahar birinchiligida o‘zbek professional sharq yakkakurash klubining maxsus diplomi bilan taqdirlandim. Penchak silat bo‘yicha esa Samarqandda o‘tkazilgan 7-8 yoshli bolalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogida uchinchi o‘rinni egalladim. Dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi chempionatida birinchilikni qo‘lga kiritganimda, buvam “Hech qachon urinishlaring va intilishlaring zoe ketmaydi. Yutuqlaring bunga isbotdir”, deya ko‘zlariga yosh olib meni duo qildilar. Shunda u kishining vaqt haqidagi so‘zlarini, aytgan o‘gitlarini anglaganday bo‘ldim.

Hozir qishki ta’til. O‘qish davomida sevimli mashg‘ulotim bilan haftada uch kun shug‘ullansam, endi bu imkoniyat yanada kengaydi. Bu esa yangi yilning ilk oylarida o‘tkaziladigan navbatdagi musobaqada yuqori natijani qo‘lga kiritishimga ham zamin hozirlaydi.

Faхriddin JAMOLIDDINOV,

Zangiota tumanidagi 66-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi

Яна ўқинг:  Шифоталаб шифокорнинг изтироблари

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: