Oila qo‘rg‘onining chamani farzand

Respublika Perinatal markazida Sog‘lom bola yilida ilk chaqaloq dunyoga keldi

Poyoniga yetgan 2013 yil yurtdoshlarimiz qalbida ko‘plab quvonch va shodliklarni muhrladi.

Obod turmush yilida ulkan orzular bilan oila bunyod etgan toshkentlik Sunnatilla va Gulnozaxonlar yangi – Sog‘lom bola yilini katta xursandchilik bilan qarshiladi. Yangi yilning ilk daqiqalarida ikki yosh ota-ona degan ulug‘ nomga muyassar bo‘ldi.

– Bayram kuni erta tongda ishga otlanarkanman, qalbim cheksiz hayajon tuydi. Xayolimdan bugun qaysi baxtiyor oilaning quvonchiga hamroh bo‘lar ekanman, degan o‘y kechdi, – deydi shifokor, akusher-ginekolog Zuhra Arifjanova. – Yangi yil ostonasida yaqinlari Gulnozaxonni dard bilan olib keldi. Tug‘ruq jarayoni qiyinchiliklarsiz kechdi. Men Sog‘lom bola yilining ilk mehmonini dunyoga kelishida yosh onaning dardiga malham bo‘ldim. Garchi, bayramni oilam davrasida kutib olmagan bo‘lsam-da, el salomatligiga kamarbasta kasbim bilan faxrlanaman.

F.HAYITOV

Yana o‘qing:  Mard o‘g‘lonlar tug‘ilgan kun bu!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: