Jig‘ildon qaynashi bezovta qilganda…

Me’da jig‘ildon qaynashi to‘sh ortida yoki qorin usti tomonda jizillash sezilishi, ko‘pincha tepada halqumgacha yoyiladi, achchiq me’da suyuqligi (hazm bo‘lmagan ovqat va xlorid kislotasi)ning qizilo‘ngachga kelib tushishi sabab bo‘ladi. Oshqozondagi chiqqan ovqatning qayta qizilo‘ngachga chiqishga xalaqit beruvchi quyi sfinkteri faoliyatidagi illat tufayli yuzaga keladi.

Jig‘ildon qaynashi qizilo‘ngach va me’da kasallik­larining asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Goho jig‘ildon qaynash hollari ovqatda achchiq, sho‘r yoki konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilgandan va achchiq alkogolni me’yordan ortiq ichgandan keyin sodir bo‘lishi mumkin.
Jig‘ildon qaynashi cho‘zilib ketganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Bordi-yu, jig‘ildon qaynashi ustiga yana qusilsa, unda qon izlari ko‘rinsa, «tez yordam» chaqirish kerak.

Jig‘ildon qaynashi doimiy yoki tez-tez sodir bo‘lsa, me’da va qizilo‘ngachni tekshirtirish zarur. Shu maqsadda shifokor quyidagilarni tayinlashi mumkin:


– fibrogastroduadenoskopiya;
– oshqozon shirasining kislotaliligini tekshirish (me’da zondi yoki ekspress-test);
– qizilo‘ngach va me’dani rentgen qilish va hokazo.
Jig‘ildon qaynashi muolajasi shunga olib keluvchi asosiy kasallikni davolash, parhezga rioya qilish va dorilar ichishdan iborat.
Parhez. Ozuqadan nordon mevalar, yong‘oqlar, sabzavotlar va ularning suvlari, piyoz, sarimsoqpiyoz, qalampir, qora qahva, seryog‘ mahsulotlar, ichakda yel paydo qiluvchilar (dukkaklilar, bosh karam, goho kartoshka, banan va hokazo), yangi uzilgan non, shokolad, me’da shirasi sekretsiyasini oshiruvchi mahsulot va taomlar tuzlama karam, bodring, qattiq go‘sht, baliq va zamburug‘ sho‘rvasi, qovurilgan narsalar, achchiq ziravorlar (xantal, ketchup va hokazo)ni cheklash yoki istisno etish jig‘ildon qaynashini kamaytiradi.

Alkogol ichimliklar, jumladan, pivo, shampan va oq musallas, shuningdek, har qanday alkogolsiz gazlangan ichimliklar iste’molini cheklash yoki taqiqlash kerak. Ular me’da ichi bosimini oshiradi, me’dada zardob to‘planishiga sabab bo‘ladi, katta miqdordagi etil spirti oshqozondagi zardobni qizilo‘ngachga chiqarib tashlanishiga imkon beradi.

Tansiq va seryog‘ ovqatlarni ko‘p yemaslik kerak. Ovqatni oz-ozdan va tez-tez iste’mol qilib turish lozim. Ovqatlanib bo‘lgach, gavdani oldinga birdan va chuqur egib yubormaslik va ovqatlangandan keyin 2 soat o‘tmaguncha yotmaslik, yaxshisi, 15-20 daqiqa toza havoda yurish maqsadga muvofiq.
Ovqatlangandan so‘ng qorinni kamar bilan qisib bog‘lamaslik kerak. Oxirgi ovqatlanish uyquga yotishdan 3 soat oldin yeyilsa yaxshi. Tungi «tamaddi»dan voz kechmoq lozim. Juda issiq yoki sovuq ovqat, shuningdek, ovqatlar oralig‘ida suyuqliklar ichish tavsiya etilmaydi.
Oshqozon shirasi kislotasini mo‘tadillashtiruvchi dorilar tayinlanadi.

Yana o‘qing:  Buqoq nasldan naslga o‘tadimi?

Hamida RAJABOVA,

shifokor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: