Psixologik portret deganda nimani tushunamiz?

Har bir odamning psixologik portreti bo‘ladi. Uni rassom emas, balkim Sizning o‘zingiz yaratasiz. Aynan mana shu psixologik portret boshqalarning Sizga bo‘lgan munosabatini belgilab beradi.


Psixologik portret qanday yaratiladi? Barcha insoniy fazilatlardan voqif bo‘lsangiz va ulardan oqilona foydalana olsangiz, Siz o‘zingizga chiroyli psixologik portret yarata olasiz. Odob va axloq qoidalariga amal qilib odamlar bilan xushmuomalali, uyda va ishda ibratli bo‘lish, har bir so‘zni o‘ylab gapirish, o‘z lafzida turish, ­sabr-toqatli va qanoatli bo‘lish, kattaga hurmat, kichikka izzatli va do‘stga sadoqatli bo‘lish, ota-onani ulug‘lash, oilaparvar bo‘lish, ochiq chehrali bo‘lish – bular psixologik portret elementlaridir.

Bitta qiyin joyi – uni umringiz oxirigacha saqlab qolish. Psixologik portret rassomlar chizgan portretdan shunisi bilan farq qiladiki, uni borib ko‘rish shart emas, chunki u Sizni biladigan barcha insonlar qalbiga chizilgan bo‘ladi. Uni Sizdan boshqa hech kim o‘chirib tashlay olmaydi.

Zarifboy IBODULLAYEV,

tibbiyot fanlari doktori,

professor

Yana o‘qing:  Nafas olishga qiynalyapsizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: