Bodibilding va jismoniy sport turlari bo‘yicha jahon chempionati
Toshkentdagi «Humo Arena» sport majmuasida bodibilding bo‘yicha XII jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada 150 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etayapti.
– Yurtboshimizning sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan e’tibori nafaqat sportdagi yutuqlarimizni, balki O‘zbekistonda yangi sport davri boshlanganini ham ko‘rsatmoqda, – dedi Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov ochilish marosimida.
Jahon chempionati doirasida erkaklar va ayollar uchun musobaqada quyidagi toifalar taqdim qilingan:
• «Bodibilding» – muskullarning eng katta hajmiga ega sportchilar bellashadigan musobaqaning eng mashhur toifasi;
• Atlet-fizik;
• Fitnes-fizik;
• Model-fizik;
• Sport-fizik yo‘nalishlari.
– Jahon chempionati uzoq tanaffusdan so‘ng o‘tkazilmoqda. Pandemiya tufayli 2020 yilgi mavsumni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldik. O‘zbekistonlik hamkorlarimiz musobaqani keng ko‘lamda o‘tkazish niyatida ekanliklaridan mamnunmiz, – dedi VBPF prezidenti Datuk Pol Chua.
Amal SOLIYEVA