OLIY TA’LIMDA SPORT SOHASIDA YANGI YO’NALISHLAR OCHILDI

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yangi yo‘nalishlar bo‘yicha ham abiturentlar qabul qilinishi masalasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘qishga qabul qilish davlat parametrlari va kiritilgan o‘zgarish hamda yangiliklar, shuningdek, test imtixonlarida uchta fan – ona tili, matematika va tarix fanlaridan imtixonlar topshirilishi majburiy etib belgilangani aytildi.

– Magistratura yo‘nalishida avval ikkita yo‘nalish mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endi yana oltita yo‘nalish ochildi. Bularning ichida tibbiyot, chet tillari, sport jurnalistikasi va sport psixologiyasi, hokkey va kekboksing, figurali uchish kabi yo‘nalishlarining ochilgani kelgusida mamlakatimizda sport sohasini yanada rivojlanishida, yoshlarimizning jahon arenalarida bundan-da ulkan yutuqlarga erishishlarida muhim omil bo‘ladi, – dedi universitet rektori Mahmudjon Boltaboyev.

Ayni paytda, Farg‘ona va Nukus shahrida ochilgan universitetning filiallarida ham abiturentlarni qabul qilish uchun tayyorgarlik davom etmoqda.
Hozirda qabul harakatlarini olib borishni ta’minlashda ochilgan kollsentr karantin qoidalariga mos ravishda uchta tilda faoliyatini olib bormoqda.


Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Enkoprezni qanday davolash mumkin?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: