Arnasoy

Billur soylarini ko‘ring, Arnasoy

Cho‘l emas, kengliklar jannatga monand.

Paxtazorlar aro suzib borar oy,

Bir zum to‘xtab o‘tar quyosh ham zotan.

Yigitlarin ko‘ring, bari sherkelbat,

Qizlari Layli-la husn talashgan.

Odamlar qalbidan andoza olib,

Musaffo Aydarko‘l qirg‘oqdan toshgan.

Tabiat va inson egizdir go‘yo,

Orzular timsoli gullagan chaman.

Do‘stlarim, Arnasoy o‘zi bir dunyo,

Obod Vatan ichra mo‘jaz bir Vatan.

Iroda Sa’dullayEva,

Arnasoy tumanidagi 8-maktab o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Beparvolik boshga tashvish keltirar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: