“IFTIXOR”LIKLAR ISHLI BO‘LMOQDAMI?

Chirchiq shahar “Iftixor” mahallasidagi 7-maktabda yoshlar va ayollarning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mahalladagi 278 nafar ishsiz fuqaroning ish bilan bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, farzandlariga imkoniyatlar yaratish, yoshlar va ayollarning jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish maqsadida tashkil etilgan yarmarkadan oldin bir guruh tegishli mutaxassislar, bank va hokimiyat vakillari uyma-uy yurib, mahalladagi 278 nafar ishsiz fuqaroni aniqlanib, ularga takliflar, mavjud vakansiya o‘rinlari haqida tushunchalar berishdi. Kreditlar ajratish va 60 ta yo‘nalish bo‘yicha tadbirkorlikka qiziqtirish  uchun suhbatlar olib borildi.

Chirchiq shahar hokimligi va Savdo sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 35 dan ziyod muassasalar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari 2000 dan ziyod vakansiya o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasini ochib bergan Chirchiq shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzaolim Yusupov ushbu tadbir yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash va ishga joylashishlarida katta imkoniyat ekanligini qayd etdi. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha shahar hokimi maslahatchisi Yulduz  Jumayeva oila jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlikka qo‘l urgan ayollarga 14 foizli 36 million so‘mgacha kreditlar berilishi, mahalladagi ishsiz yoshlar va ayollarni, shuningdek, qo‘shni 8 ta mahallalar fuqarolari uchun tashkil etilgan yarmarkadan munosib tarzda foydalanish, fuqarolardan tushgan takliflar asosida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan ayollarni tadbirkorlikka o‘qitib, tushunchaga ega qilish va o‘zi xohlagan yo‘nalish bo‘yicha kreditlar berilishi haqida so‘zlab “Iftixor” mahallasidan ish so‘rab murojaat qilgan 6 nafar ayol ish bilan ta’minlanganini ta’kidlab o‘tdi.

– “LUKBJY TEXTIL” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasidan 400 ta bo‘sh o‘rni bilan ishtirok etyapman, – deydi korxona kadrlar bo‘limi xodimi Tursunoy Asaljonova, – Korxonamizga 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarni ishga taklif qilamiz. Mutaxassis bo‘lmasa, o‘zimiz o‘rgatamiz. Tushlik bepul va borish-kelish transportlarimiz mavjud.

– Bugun mehnat yarmarkasiga 5 ta vakansiya taklifi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarimiz bilan chiqqanmiz, – deydi buyoq ishlab chiqarish korxonasi rahbari Bahodir Giyasov. – Korxonamizda 12 nafar ishchi bo‘lib, Italiya texnologiyasi asosida bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqariladi. Sharoitlarimiz  yaxshi, tushlik  va bepul maxsus kiyim, yo‘lkira beriladi.

– Ish topganimizdan xursandmiz, – deydi Nilufar G‘aniyeva va Mamlakat Sultonova. – O‘zimizga mos ish topdik. Uyda zerikib o‘tirgandik, ertadan ish boshlaymiz. Muhimi, oilamizga ko‘maklashib, farzandlarimizning repititor va to‘garaklariga endi pul to‘lay olamiz.

Ha, bejizga xalqimiz bekordan Xudo bezor, deyishmagan. Mehnat qilgan yoshlar chalg‘imaydi, yomon yo‘llarga kirib ketmaydi, unadi, o‘sadi. Ayollar esa ro‘zg‘ori, oilasi to‘kinchiligiga hissa qo‘shadi, muhimi, farzandlarini bilimli, tarbiyali va ulg‘ayib, vataniga foydasi tegadigan insonlar qilib voyaga yetkazishadi.

Bayramga aylanib ketgan mehnat yarmarkasida namoyish qilingan ishlab chiqarish, hunarmandchilik va chevarchilik mahsulotlari tadbir shukuhini yanada boyitdi.

 Maryam  QODIROVA

Yana o‘qing:  AKT mutaxassislari uchun yangi ta’lim loyihasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: