QAHVA FAQAT ICHISH UCHUNMI?

Qahvani faqat ichish uchun deb o‘ylasangiz, u haqda siz ham ko‘p narsani bilmas ekansiz. Chunki qahvani nafaqat ichish, balki undan ayollar go‘zalligi uchun ham foydalaniladi.

Jumladan:

— qahva quyqasi yordamida tayyorlangan «skrab» yuz terisini oqartiradi.

— yangi tayyorlanib sovutilgan qahva bilan bo‘yin sohalarini artish natijasida teri qarishining oldini olish mumkin.

— soch rangini yanada qoraytirish, rangini yaxshilash uchun ham qahvadan foydalanish mumkin. Buning uchun achchiq qahva damlanib sovutiladi va sovugan qahva suv purkagichga solinib sochga sepiladi. Nam sochlar quyoshda quritiladi.

— ko‘z ostidagi shishlarni kamaytirish uchun ham qahvaga botirib, shishlarga 5-6 daqiqa qo‘yilgan paxta ham shishlarni yo‘qotishda yaxshi asqotadi.

M.AHMEDOVA tayyorladi.

Yana o‘qing:  Inson nega o‘z joniga qasd qiladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: