RULDAMISIZ? DORI ICHMANG!

Barchamiz bilamizki, bugungi kunni avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Shuningdek, ushbu texnika asrida ekologik muvozanatning buzilishi oqibatida yuzaga kelayotgan turli-tuman kasalliklar tufayli dori-darmonsiz ham yashab bo‘lmaydi. Ayniqsa, rulga o‘tiradigan bo‘lsangiz dori iste’mol qilishda o‘ta ehtiyotkorlik talab etiladi.

Avtomobil haydovchilari yo‘lga chiqishdan avval markaziy asab tizimiga ta’sir etuvchi, uyquni chaqiruvchi, bosh aylanishini vujudga keltiruvchi, diqqat-e’tiborni susaytiruvchi ayrim dorilarni, ya’ni uyqu dori, tinchlantiruvchi, yoki ruhiy siqilishga qarshi, tomir tortishi va turli toshmalarga qarshi pipolfen, tavegil, suprastin kabi dorilarni iste’mol qilmaganlari ma’qul. To‘g‘ri, yo‘lga chiqishdan oldin kim ham uyqu dorini ichardi, bu kulgili, albatta. Ammo shuni unutmaslik kerakki, bir kun avval ichilgan uyqu dorisi ertaga ishga ketayotganda ruldagi kishi uchun halokatni keltirib chiqarishi mumkin. Negaki, ayrim dorilarning ta’sir kuchi 10 soatdan 70 soatgacha yetadi. Bular diazepam, medazepam, radedorm, tazepam, eleniumlardir.

Amaliyotda shu narsa kuzatilganki, yurak og‘rig‘iga qarshi vositalar (atenolol, metatsin, platifillin, pirezipin) ko‘zning tez ilg‘ab olish va ko‘rish qobiliyatini susaytirishi mumkin.

Yo‘tal va bosh og‘rig‘iga qarshi yo‘lda ichilgan dorilar ham haydovchi uchun xavfsiz deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, tarkibida kodein bo‘lgan tramedol, tramalt retard, pentalgin, sedalgin tabletkalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalangan ma’qul. Surgi dori haqida esa umuman gapirmasa ham bo‘ladi. Demak, yuqorida qayd etilgan dorilar iste’mol qilinsa, rulga o‘tirmaganingiz ma’qul. Shunda yo‘ldagi turli ko‘ngilsizliklarning oldini olgan bo‘lasiz.

O‘ylaymizki, yaqin yillarda haydovchilar harakatiga aks ta’sir etuvchi hap dorilarda “harakatda ta’qiqlanadi” degan yozuv paydo bo‘lsa ajab emas. Hozircha esa dorilarning aks ta’sirini erinmay o‘qib chiqib, so‘ng iste’mol qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Yana o‘qing:  YUZ TERISI PARVARISHINING 5 QOIDASI!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: