MEMORANDUM IMZOLANDI

Joriy yilning 2-4 noyabr kunlari O‘zbekistonda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO Mintaqaviy konferensiyasining Yevropa uchun o‘ttiz ikkinchi sessiyasi tashkil etildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev 2022 yilgacha FAOning yuqori boshqaruv organi hisoblanadigan mintaqaviy Konferensiyaga rais etib saylandi.

Konferensiyada mintaqaviy anjuman FAOning a’zo davlatlar bilan mintaqaviy ishlari samaradorligini ta’minlashda, shuningdek, kelgusi ikki yillik ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda muhim o‘rin egallashi e’tirof etildi. Bandlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida innovatsiya va raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO Mintaqaviy konferensiyasining Yevropa uchun o‘ttiz ikkinchi sessiyasi yakuni bo‘yicha memorandum imzolandi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Infografika

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: