Kulgu – shifo

Ikki ruhiy xasta bemor film tomosha qilib o‘tirishardi. Biri ikkinchisiga dedi:

– Ming so‘mdan garov o‘ynaymizmi? Yigit, albatta, ko‘prikdan o‘zini suvga tashlaydi !

– Tashlamaydi.

Garov o‘ynashdi. Yigit haqiqatan ham ko‘prikdan o‘zini suvga tashladi. Yutqazgan jinni asta cho‘ntagidan ming so‘m chiqarib sherigiga uzatdi.

– Kerakmas, – dedi sherigi. Bu filmni ilgari ko‘rganman.

– Men ham ko‘rganman, ammo ikkinchi marta ham o‘zini suvga tashlashiga ishonmagan edim.

***

Professor talabalarni bemorlar yotgan xonalar bo‘ylab olib yuribdi.

– Tajribali shifokor bemorning ko‘rinishiga, ko‘zlariga, rangiga qarab, kasallikni aniqlay oladi. Masalan, mana bu bemorning tashqi ko‘rinishiga ahamiyat beringlar. Uning ko‘krak qafasi kengaygan. Odatda bu xastalik musiqa asboblarini puflab chaladiganlarda uchraydi. . .

U shunday deya, bemorga yuzlandi:

– Xo‘sh, ayting-chi, siz chindan ham biron musiqa asbobini chalasizmi?

– Ha, albatta, to‘g‘ri topdingiz, professor.

– Ana, ko‘rdinglarmi? – xursand qarab qo‘ydi professor talabalarga, keyin yana bemorga qaradi. – Qani, ayting-chi, qanday musiqa asbobini chalasiz ?

– Nog‘ora chalaman…

Yana o‘qing:  Kulgu-shifo (2015-51)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: