TIBBIY TAVSIYALAR

Nonushtaga tanovvul qilingan xushta’m tvorog yoki mazali yogurt quvvatni tiklaydi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Abu Ali ibn Sino o‘z davrida sut-qatiq mahsulotlarini iste’mol qilish uzoq yashashning garovi ekanligi haqida aytib o‘tgan. Buyuk rus olimi Mechnikov o‘tgan asrdayoq buni isbotlab berilgandi. O‘shanda laktobatsillalar bilan ivitilgan sut muhsulotlari «Mechnikov qatig‘i» deb atalgandi. Bizning davrimizda ham yogurt tayyorlash uchun tomizg‘i sifatida bulg‘or tayoqchalari va termofil streptokokklardan foydalaniladi. Sut qatiq zamburug‘i bilan ivitilganda chuchuk qatiq-kefir hosil bo‘ladi.

Ayni vaqtda esa ba’zi sut-qatiq mahsulotlariga probiotik shtammlar qo‘shila boshlandi. Probiotik so‘zi tarjima qilinganda «hayot uchun» degan ma’noni bildiradi. U bilan boyitilgan mahsulotlar ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi, ichaklarni toksin (zahar)lardan tozalaydi. Ozishga ko‘maklashadi. Ular hayotiy quvvatni oshiradi, qondagi xolesterin va qand moddasini kamaytiradi, buyraklarda tosh paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va yurakdagi muammolarni bartaraf etadi.

Yog‘ miqdori bir foizni tashkil etuvchi sut

Foydasi: sutda murakkab uglevodlar, oqsillar va biroz yog‘ mavjud, shu bois ushbu mahsulot sekin hazm bo‘ladi va siz muayyan vaqt davomida to‘qlikni his etasiz. Murakkab uglevodlar tufayli qondagi qand miqdori barqaror bo‘lib turadi. Sutda kalsiy moddasi D vitamini bilan birga bo‘ladi. Shu bois u organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Buning ustiga kalsiy yog‘larni parchalashda hujayralarga yordam beradi. Demak, sut vaznning normal kamayishiga ko‘maklashadi. Kaloriyalar: bir stakan sutda (250 gr) 120 kaloriya mavjud.

Soya suti

Foydasi: yurak qon-tomir kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. Soya suti tarkibidagi ozuqa tolalari va oqsillar organizmdagi «yomon» xolesterin va triglitseridlar darajasini pasaytiradi. Ammo, agar siz sigir sutini soya sutiga to‘liq almashtirishni istasangiz, sizga kalsiy hamda A va D vitaminlari yetishmay qolishi mumkin. Bu holda ushbu mikroelementlar bilan boyitilgan soya sutini xarid qilsangiz bo‘ladi. Soyada fitoestrogenlar bor bo‘lib, ular ko‘krak saratoni paydo bo‘lishi xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar oilangizda kimdir bu kasallik bilan og‘rigan bo‘lsa, unda soya sutini iste’mol qilish borasida shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul. Kaloriyalar: 250 gr mahsulotda 81 kkal.

Issiq shokolad yoki kakao

Yana o‘qing:  Ishtahani qattiq nazorat ostiga olish mumkin

Foydasi: kayfiyatni yaxshilaydi va yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo‘lishidan himoya qiladi. Xo‘sh, mazkur mahsulotga nimalar foydali xususiyatlarni beradi? Kakaoda hujayralarni erkin radikallarning ta’siridan himoya qiladigan ko‘p miqdorda polifenollar mavjud. Issiq shokoladni iste’mol qilish serotonin gormoni ishlab chiqarilishini oshiradi, uning organizm­da kam miqdorda bo‘lishi esa kayfiyatga yomon ta’sir qiladi. Kaloriyalar: 250 gr tayyor mahsulotda taxminan 195 kkal va kukunli aralashmada 115 kkal bor.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: