SIL BEDAVO DARD EMAS(MI?)

Salomatlikning oltin qoidasi tibbiy savodxonlikka erishish va unga rioya qilishdir. Tibbiy ilm izlab, o‘qib topiladi, xohish ishtiyoq esa salomatlikka erishishning imkoniyat kalitidir.

Inson o‘z salomatligi uchun o‘zi qayg‘urishi, mas’uliyatli bo‘lmog‘i lozim. Tibbiy tarbiyaga e’tiborni susaytirsa, birorta kasallikka chalinib qolish ehtimolidan yiroq emas. Inson vujudini qaqshatib yuqumliligi yuqori bo‘lgan sil kasalligi ko‘proq (85-90 foiz) o‘pkada uchragani uchun xalq tilida “o‘pka kasal” nomi bilan tanilgan. Yaqingacha kasallikning bedavoligi qo‘zg‘atuvchi noma’lumligi uchun dori preparatlari ishlab chiqilmagan. 1882 yili nemis shi- fokori Robert Kox sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisi bakteriyani kashf etdi. Bu bakteriya 1891 yili Nobel mukofoti bilan taqdirlangan olim nomiga fanda Kox tayoqchasi, deb yuritiladi.

Kasallikning yuqishi havo tomchi bo‘lganligi uchun uning oldini olish masalasi murakkabligicha qolyapti. Jahon olimlari tomonidan 1943-1960 yillarda hozirgacha qo‘llanilayotgan dori vositalari kashf etildi. 20-asrning oxirlaridan boshlab dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida silga qarshi kurash dasturiy reja asosida nazoratga olindi. 2005 yildan boshlab dunyo tibbiyotiga mos silning nazorati uchun DOT strategiyasi standartlari O‘zbekistonda ham joriy etila boshlandi. Kasal odam yo‘talganda, aksirganda, hayajonlanib so‘zlash- ganda va balg‘am tuflaganda bemordagi kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar havoga o‘tib, sog‘lom odam organizmiga joylashadi. Bu sog‘lom odam kasallandi, degani emas. U sil bilan zararlanadi, ya’ni organizmiga joylashib, rivojlanishi uchun muhit hosil bo‘lguncha himoya qavati hosil qilib kutadi. Qachonki bu organizmda immunitet tizimi pasaysa, sporadan chiqib ko‘paya boshlaydi va kasallik rivojlanadi. Zararlangan odamdagi bakteriyalar o‘n yillab kutishi, hatto uyg‘onmasligi, umuman olganda, bor-yo‘g‘i 10 foiz odam kasallanishi mumkin. Sog‘lom turmush tarzi, ovqatlanish me’yoriga amal qilgan va jismoniy faol odam umuman kasallanmaydi. Zax va namlikda kasallik bakteriyasi uzoq yashaydi va ko‘p kishini zararlantiradi, ammo quyosh nurida tez o‘ladi. Juda kam hollarda teri va shilliq qavati jarohati orqali, ya’ni sil mikobakteriyasi qon va limfa orqali organizmga tarqaladigan turi – miliar silini tarqatadi. 1923 yili fransuz olimlari Kalmet va Geren sil kasalligiga qarshi vaksina BSJni kashf etdi. Bu hozir ko‘pgina mamlakatlarda va o‘z navb atida bizda ham qo‘llaniladi.
Tug‘uruqxonada olinadigan vaksina (xalq tilida “chaqaloq ukoli”) 5-7 yil (hattoki 40 yilgacha) immunitet saqlaydi. Vaksinatsiya 15 barovar kamayishi, kasallanib qolsa-da yengil kechishini ta’minlaydi. Kasal odam hajmi kichik, quyosh nuri tushmaydigan, havosi almashmaydigan va ko‘pchilik yashaydigan joyda bo‘lsa, atrofdagilarga yuqtirish xavfi shuncha ko‘p bo‘ladi. Yashash, ish va dam olish xonasining quyosh nuri tushadigan, shamollatib turishga mos bo‘lishi kasallikning oldini olish omilidir. Tungi sababsiz terlash va ozib ketish, hansirash ko‘krak sohasida og‘riq, qon tuflash, 2 haftadan or- tiq isitma ko‘tarilishi, uzluksiz yo‘tal alomatlari sezilsa, patronaj hamshira yoki eng yaqin tibbiy muassasaga murojaat qilish lozim. Mamlakatimizda sil kasalligini davolash va uning oldini olishdagi barcha muolajalar bepul. Kasallar maxsus dispanserda davolanib, atrofdagilarga zararsiz holatiga o‘tgach, hududidagi tibbiy muassasada quvvatlovchi bosqich davoni tibbiy xodim nazorati ostida uyida oladi. Silga chalingan, davolanayotganlarning haq-huquqi, sha’ni qonun bilan himoyalangan. Davolash standartidagi dori vositalarining
ta’siri inson organizmida bir xil kechmasa-da kamida 85 foiz davo samarali bo‘layotganligi o‘z isbotini topgan.

Sil kasalligi yuqish ehtimoli yuqori bo‘lganlarga hibsxona, tor joyda ko‘p kishi yashovchi, boshpanasiz zax, nam joylarda tunab qoluvchilar, ichkilik va giyohvandlikka mukkasidan ketganlar kiradi. To‘shakda keksaligi, xastaligi bois yotib qolganlar, bemorlar, ayniqsa, qandli diabet va OITSga chalinganlarni e’tibordan qochirmaslik lozim. Sil kasalligiga chalinganlarni oila a’zolari, muloqotdagi do‘sti, o‘qituvchilari sezsa, darhol tibbiyot xodimiga xabar qilsa, uning sog‘lom hayotga tezroq qaytarilishiga hissa qo‘shgan bo‘lar edi. Kasallik haqida bilguvchilar uning oqibatlari haqida boshqalarga tinmay targ‘ib qilishi ham insoniylik namunasidir. Zero yonimizdagi bemorning begonasi bo‘lmaydi.

Jumanazar MADIYEV,

Yana o‘qing:  Ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolar aqli zaiflik xavfini oshiradi

Bandixon tumani umumiy amaliyot shifokori,

Sog‘liqni saqlash a’lochisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: