Germaniya suv texnologiyasi Qashqadaryo vohasida tajribadan o‘tkazildi

Suvni tejash har bir insonning jamiyat oldidagi burchi hisoblanadi. Halqimiz azal-azaldan suvni isrof qilmaslik haqida gapirib keladilar. ayniqsa ota-bobolarimiz suvni oldida tursang ham tomchisini uvol qilmagan degan aqidaga rivoya qiladilar.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) GmbH tomonidan Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) bilan birgalikda amalga oshiriladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, va Surxondaryo viloyatlaridagi pilot hududlarida 6 ta tajriba uchastkasi tashkil etilgan. Ularning umumiy maydoni 60 gektarni tashkil etib, navbatdagi manzil Qashqadaryo viloyatidagi «Suv xo‘jaligini va resurslarini boshqarishning milliy doiraviy konsepsiyasi» 1-komponentining tajriba maydonlariga tashriflar «O‘zbekistonda suv va atrof-muhit masalalari bo‘yicha xabardorlikni oshirish hamda hamkorlikni rivojlantirish» 3-komponent (UzWaterAware) tomonidan tashqil qilingan media-tur doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

1-komponent Germaniya halqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Xalkaro suv resurslarini boshkarish instituti (IWMI) bilan xamkorlikda amalga oshirilmokda. 3-komponent Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) tomonidan amalga oshiriladi.

1 va 3 komponentlar Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy hamkor – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi.

Tajriba uchastkalariga jami 70 mingdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Ularni suv tejovchi zamonaviy tizimlar orqali, xususan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur xududdagi uchta suv istemolchilari uyushmasiga qo‘shimcha 720 ta kichik suv o‘lchovchi inshootlar qurib berildi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonning qishloq joylarida Barqaror suv resurslarini boshqarish dasturining bir qismidir.

Milliy hamkor — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hisoblananadi. Shu munosabat bilan ushbu masalalar yuzasidan, Ommaviy xborot vositalari Qashqadaryodagi Oqsuv daryosiga press-tur uyushtirildi. Mazkur suv ombor Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryoning irmog‘i bo‘lgan Oqsuv daryosi o‘zanida barpo etilgan. Inshoot Shahrisabz tumani Miroqi shaharchasidan 1,5 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Bugungi kunda qishloq va suv xo‘jaligini boshqarishda jamoatchilik ishtirokining kamligi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish samaradorligini va mintaqada suv taqsimotini boshqarish sifatini oshirishga to‘siq bo‘layotgan asosiy omillardan ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Jahonda darѐ va suv omborlarining suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni samarali boshqarish usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish alohida ahamiyat kasb etadi.

Yana o‘qing:  FOND faoliyatidan (2014/38)

Bu borada, jumladan kichik darѐ suv resurslarini shakllanish holatini belgilovchi gidravlik usullarni, suv omborlari ta’sirida kichik darѐlarda suv harakatini aniqlovchi gidravlik usullarni, uning natijasida suv ombori suv resurslarini harakatini sutkalik boshqarish usullarini, suv omborlaridan ishonchli foydalanish usullarini, ulardan irrigatsiya va energetikada foydalanish samaradorligini oshirishni, suv resurslaridan oqilona foydalanish usullarini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Amal Soliyeva

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: