O‘ZBEKISTONLIK YOSHLAR DUNYo ARENASIDA
Janubiy Koreyaada «Better Together Challenge 2019» sovrindorlaridan biri O‘zbekiston vakilasi bo‘ldi.
3-5 oktyabr kunlari Pxyonchxan shahrida bo‘lib o‘tgan festival World Culture Open hamda Janubiy Koreya Respublikasi hukumati tomonidan tashkil qilindi.
«Better Together» — bu global festival hisoblanib, unda ijtimoiy novatorlar, yangi g‘oyalar mualliflari, aktivistlar, idealistlar jamlanishadi. Bu safar dunyoning 60 davlatidan 500 nafar qatnashchi ushbu nufuzli festivalda qatnashishdi.
Festival doirasida eng yaxshi ijtimoiy innovatsiya hamda 2018 yilgi qishgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan shaharchalar transformatsiyasi bo‘yicha konkurlar ham bo‘lib o‘tdi.
2018 yilgi Olimpiada o‘yinlaridan keyin Pxyonchxan shahrini Olimpiada maydonchasi hamda tinchlik va turg‘un rivojlanish ramziga aylantirishga ma’muriyat astoyidil harakat qilmoqda.
Konkursda turli soha vakillari jumladan, novatorlar, tinchliksevarlar, arxitektor, dizaynerlar ham qatnashishdi. Musobaqa shartida deb Tinchlik shahri(Peace Town) bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish ko‘rsatildi.
O‘zbekistonlik Tahmina Turdialiyeva ushbu tanlovda 2 o‘rinni oldi. Uning Tinchlik shahri konsepsiyasida «Garden of Unification» bog‘i aks etdi. G‘oyaaga ko‘ra Koreya yarim oroli hamjihat va bir yaxlitlikda aks etgan. Bundan tashqari, birlashish bog‘ida eko-tadqiqot bo‘yicha labaratoriya ham bor edi.
Yana bir O‘zbekistonlik mutaxasissning dunyo arenasida g‘olib bo‘lishi albatta quvonarli.
Maryam Ahmedova