HAR BIR OILA — TADBIRKOR

Bugungi kunda mamlakatimizning iqtisodiy rivojida oilaviy tadbirkorlikning ahamiyati va roli juda katta. Aytish joizki, aholisi 33 million nafardan ortiqni tashkil qilayotgan O‘zbekistonimizda ishsizlik darajasi ancha yuqori.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiy faol aholi o‘rtasida yarim yilda ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil qilgan. Hukumatimiz bunday vaziyatning salmoqli yechimi sifatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasini kun tartibiga qo‘ygan. Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun 6 yil avval kuchga kirgan bo‘lsada, hukumatimiz  hamon uni takomillashtirish harakatida izlanmoqda.

Prezidentimiz 2018 yilning 8 iyun kuni imzolagan «Har bir oila – tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qaror ham oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, har bir oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ishsizlikka barham berishni maqsad qilgan.

Oilaviy tadbirkorlikda mehnatni tashkil qilish orqali nafaqaxo‘rlar, nogironlar, uy bekalari va yetarli malaka, tajribasi bo‘lmagan, egiluvchan jadvalli ish kunini istaganlar uchun mehnat bozorining eng moslashuvchan qismi hisoblanadi. Ayollar, ilk bor ish qidirayotgan yoshlar, ma’lumoti va mehnat tajribasi yuqori darajada bo‘lmagan shaxslar ko‘pincha faqat shu yerda ish topishi mumkin.

2019 yil 18  sentyabr  kuni  “Har bir oila — tadbirkor”  dasturi doirasida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash  borasida  amalga  oshirilayotgan  ishlar” mavzusida o‘tkazilgan anjumanda ham aynan ana masalalar yuzasidan matbuot xodimlari bilan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi hamda ommaviy axborot vositalari vakillariga bank faoliyatida bu yo‘nalishda erishilayotgan natijalar bo‘yicha  ma’lumotlar  berildi. 

O‘tgan davrda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish  maqsadida,  bank  markaziy idorasida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maxsus boshqarmasi va bank filiallarida Tadbirkorlikni  rivojlantirish  maxsus  bo‘limlari tashkil qilindi.

Tadbirda ATB «Qishloq qurilish bank» yuridik departamenti boshlig‘i Erkin Atabayev, ATB «Qishloq qurilish bank» Boshqarma boshlig‘i Miraziz Egamberdiyev bank faoliyati, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan samarali ishlar, imtiyozli kreditlar berish, bandlikni ta’minlashda joylarda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari haqida ma’ruza qildilar.

Jumladan, mazkur Qaror  ijrosini  ta’minlash  va “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank”iga 291,4 mlrd. so‘m kreditlar ajratish belgilangan. Bank tomonidan 2019 yil 18 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi  qarori bo‘yicha 101,5 milliard so‘m hamda “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bo‘yicha 265,0 miliard so‘m, jami 366,5 milliard so‘m resurs mablag‘lari olinib, to‘liq o‘zlashtirildi.

Yana o‘qing:  Tezkorlik va aniqlik yosh jurnalist uchun davr talabi

Shuningdek, 18460 nafar oilaga ajratilgan mikrokreditlar tadbirkorlikning quyidagi sohalariga yo‘naltirildi: 

Naslli qoramol sotib olish uchun 4 513 ta oilaga 99,4 mlrd.so‘m;

 qo‘ychilik uchun 1715 ta oilaga 32,1 mlrd.so‘m;

quyonchilik uchun  200 ta oilaga 4,5 mlrd.so‘m;

asalarichilik uchun 694 ta oilaga 16,7 mlrd.so‘m;

parrandachilik uchun  1323 ta oilaga 25,2 mlrd. so‘m;

baliqchilik uchun 118 ta oilaga 3,9 mlrd.so‘m;

issiqxona tashkil qilish uchun 2153 ta oilaga  48,3 mlrd. so‘m;

tikuvchilik uchun 3208 ta oilaga 48,1 mlrd. so‘m;

hunarmandchilik uchun 216 ta oilaga 6,0 mlrd.so‘m;

qandolatchilik uchun 2710 ta oilaga 21,7 mlrd. so‘m;

shuningdek, boshqa tadbirkorlik faoliyatlari uchun 1439 ta oilaga 56,5 mlrd. so‘m mikrokreditlar ajratildi. 

Matbuot  anjumanida ATB “Qishloq  qurilish  bank” tomonidan  “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida belgilanayotgan navbatdagi vazifalar hamda  bank faoliyatining kelgusidagi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: