«Vatan uchun yashaylik » tanlovining g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida «Vatan uchun yashaylik» nomli ijodiy tanlov g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda adabiyotshunos olimlar, taniqli yozuvchilar va shoirlar hamda  ijodkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirni ochgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi Sirojiddin Sayyid tashrif buyurganlarni mustaqilligimizning 28 yilligi, mamlakatimizda olib borilayotgan yaratuvchanlik ishlari, ijodiy kamolot va  islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarimiz bilan qizg‘in tabrikladi.  Shuningdek, u Prezidentimiz tomonidan ijodkorlarga berilayotgan katta e’tibor, ulug‘ bayram munosabati bilan davlat mukofotlari bilan taqdirlangan bir  qancha ijodkorlarni sanab o‘tib, ularni o‘zbek adabiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqida mamnuniyat bilan so‘zladi.

Uyushma raisi yana bir quvonchli voqea – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘tsatgan madaniyat xodimi Rustam Musurmonning Qoraqalpog‘iston xalq shoiri unvoniga sazovor bo‘lgani bilan qizg‘in tabrikladi. Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Jug‘ari kengashi a’zosi va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining raisi  Kenisboy Karimov shoir va tarjimon Rustam Musurmonning ko‘ksiga Qoraqalpog‘iston xalq shoiri unvonini taqib, unga qoraqalpoq iftixori sifatida milliy do‘ppi va zarbop to‘n kiydirdi. Shuningdek,  qoraqalpoq ijodkorlarining ijodiy barkamolligida muhim zamin bo‘lgan qoraqalpoq yozuvchilari  Ibrohim Yusupov, To‘lipbergan Qaipberganovlar yaratgan maktabning tarjimonlikda, nazmiy va nasriy asarlar yaratilishidagi o‘rni va ahamiyati, bu borada erishilayotgan ijodiy yutuqlar haqida so‘z bordi.

Ushbu tanlov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Respublikamizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni, vatanparvarlik, tariximizni aks ettirish va bunyodkorlik ishlarida jonbozlik ko‘rsatayotgan zamondoshlarimiz siymolarini o‘zida  aks ettirgan she’riy, nasriy asarlar, bolalar adabiyoti va badiiy-publitsistik yo‘nalishdagi sara asarlari chop etilgan ijodkorlarni saralab berdi.

Tanlovga kelib tushgan 56 nafar muallifning o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridagi 102 ta asarlari hay’at a’zolari tomonidan xolisona baholanib, ular ichidan  g‘oliblar aniqlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Rustam Musurmon, Nodir Jonuzoq, O‘tkir Rahmat, Hamidjon Hamidiy va Ahmadjon Meliboyevlar ushbu tanlov haqida o‘z fikr- mulohazalarini bildirib g‘oliblarni qizg‘in tabrikladilar.

Tadbir Do‘rmon ijod uyida tashkil etilgan bayram dasturxoni ustida taniqli xonandalar ijrosidagi kuy- qo‘shiqlar, she’riy chiqishlar bilan yanada mazmunli va tassurotlarga boy holda bayram shukuhini olib kirdi.

Dasturxonga mazali taomlar ila o‘zbek dasturxonining shohi bo‘lgan — osh tortildi.

Yana o‘qing:  Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlariga ilk litsenziya qo‘lga kiritildi

Ijodiy kechaga aylangan bu tadbir salqin kuzning yoqimli shabadasi ostida ijodiy manzillarning bardavomligi sifatida ijodkorlarning otashnafas  dillariga ilhom va munavvarlik olib kirishi shubhasiz.

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: