Bo‘lajak tabiblar diplom oldi
Toshkent xalq tabobati Oliy maktabini birinchi o‘quvchilarining bitiruv va diplom taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda fan arboblari, tibbiyot xodimlari, akademiklar, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilarning yaqinlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 oktyabrdagi PQ-3968-sonli “O‘zbekiston respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan toshkent xalq tabobati oliy maktabi tashkil qilingan, — dedi O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi boshqaruv raisi, Toshkent xalq tabobati Oliy maktabi direktori, Texnika fanlari nomzodi, sharqshunos, Mehri Nuruzova. — Oliy maktabning asosiy maqsadi bu malakali tabiblarni tayyorlash bo‘lib, ularga tabobatning nazariy va amaliy asoslaridan dars beriladi. oliy maktabning o‘quv dasturi davlat test markazidan ruyxatdan o‘tgan bo‘lib, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan. toshkent xalq tabobati oliy maktabi tomonidan beriladigan diplom qonuniy kuchga ega. oliy maktabning maqsadi malakali tabiblarni tayyorlash bo‘lib, bu yerda ularga tabobatning nazariy va amaliy asoslaridan dars beriladi. oliy maktabga ilk bora 300 ga yaqin talabgorlar ichidan 35 nafari tanlab olindi va asosan xalq tabobati bilan zamonaviy meditsinani uyg‘unlashtirgan holda ta’lim berildi.
Mamlakatimiz hududida to‘rt mingga yaqin giyohli o‘simliklar o‘sadi. Biz esa xalq tabobatida bu giyohlardan bor yo‘g‘i 500 ga yaqinini ishlatayotgan edik, – deydi Tibbiyot fanlari nomzodi Respublika sog‘liqni saqlash alochisi Alijon Faqirov. – Sababi, shu paytgacha tabiblar o‘zlarining huquqlarini ham, imkoniyat va mas’uliyatlarini ham bilmas edi. Ya’ni sohada tartib yo‘q edi. Prezidentimiz qarorri sohamizning yanada rivojlanishi va imkoniyatlardan kengroq foydalanishimizga muhim hujjat bo‘ldi. Biz hozirda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishni ham yo‘lga qo‘ydik. Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent farmatsevtika instituti proffessor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlari tuzdik va o‘quvchilarimizning shu darsliklar asosida o‘qitdik. O‘ylaymanki bo‘lajak tabiblarimiz Vatan, xalq va ustozlari oldidagi o‘z burchini vijdonan ado etadi. Tibbiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shadi.
Tabiblar O‘zbekiston Respublikasi xalqi va millati uchun xizmat qilishga tabiblik qasamyodini ichdi. Ularga ustoz va yaqinlari katta hayot oldidagi samimiy tilaklarini bildirdi.