Nega kun o’rtasida uxlash yaxshi natija beradi?

Bugungi kunda psixologlar inson faqatgina tunda bir marta emas, balki kamida ikki marta uxlashi kerak, deya ta’kidlaydilar. Ular kunning o’rtasida ozgina mizg’ib olish ham diqqatni jamlash hamda unumdorlik darajasining oshishiga sabab bo’lishini isbotladilar. Masalan, ko’rish sezgisi tezligi (insonning kompyuter ekranidagi matnni tushuna olish vaqti) ertalab 10 millisekund va kechqurun 40 millisekund bo’ladi. Ammo subyekt (inson) tush payti uxlab olsa, kechgacha uzatilgan ma’lumotni xuddi ertalabdagidek darajada qabul qila oladi.

Insonning kun davomidagi tana harorati barqaror emasligi va 3-5 soat hamda 13-15 soat oralig’ida ikki minimal bo’lishi ham kunduzgi uyquning maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi. Bunday paytda ko’pchilik odamlar uxlashga kuchli xohish sezadilar. Buni shunday fakt bilan izohlash mumkin: bizning primat bo’lgan ajdodlarimiz – issiq tropik mintaqalarda yashovchilar hamda ko’plab kech payti yashovchi hayvonlar, asosan, qosh qoraygan vaqt, oqshomda va erta saharda faol bo’lganlar. Kunning o’rtasida, eng issiq vaqtda esa, ular qalin choyshablar ostida uxlaganlar.

Madina Axmedova

Yana o‘qing:  Allergiyaga qarshi dori ishlab chiqarildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: