“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq nima o‘zgarishlar ko‘rsatilmoqda?

2019 yil 11 mart kuni “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur qonunning maqsadi, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlashni tartibga solishdan iborat.

Qonunga muvofiq, fuqarolar kontratsepsiya usullarini tanlash, ulardan foydalanish, shuningdek ularni rad etish huquqiga ega.

Fuqarolarga sog‘lig‘ining holati, yoshi va individual xususiyatlari hisobga olingan hamda nomaqbul oqibatlar haqida ogohlantirgan holda kontratsepsiya usullarini yakka tartibda tanlash bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Kontratsepsiyaning jarrohlik usuli voyaga yetganlarning yoki er-xotinning yoxud muomalaga layoqatsizlar vasiylarining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra, homiladorlikni sun’iy tushirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

  • homiladorlikning o‘n ikki haftasigacha ayolning xohishiga ko‘ra;
  • homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganida homiladorlikning istalgan muddatida.

Qonunga ko‘ra yordamchi reproduktiv texnologiyalar qo‘llanilishi haqidagi, shuningdek ularning ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlar shifokorlik siri sifatida qo‘riqlanadi.

Yana o‘qing:  Hunar – farovon turmush asosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: