Oila – jamiyat asosi

Yaqinda Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyida tumanidagi kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari hamda nikohdan o‘tuvchi yoshlar ishtirokidagi navbatdagi mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

2013 yil – “Obod turmush yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizning Yunusobod tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi xodimlari tomonidan bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Qator yillardan buyon mazkur bo‘lim qoshida jamoatchilik asosida tashkil etilgan “Yosh oilalar maktabi” faoliyat yuritadi. Aholi o‘rtasida jamiyatning asosiy bo‘g‘ini – oila mustahkamligini ta’minlash borasida ushbu maktab mashg‘ulotlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. FHDYo bo‘limi mudirasi Mahfuza Mirboboyevaning “Farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni”, “Ayol – oilaning sevimli bekasi”, “O‘spirinlik – nozik davr” kabi mavzulardagi ma’ruzalari maktab tinglovchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

“Erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning zararli oqibatlari” mavzusida o‘tkazilgan suhbat so‘nggida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Malika QOSIMOVA,

Yunusobod FHDYo bo‘limi xodimi

Yana o‘qing:  QVP xizmatidan aholi mamnun

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: