Tana vazningizni me’yorida ekanligini qanday bilish mukmin?

Mutaxassislar, har bir insonning tana vazni bo‘y o‘lchamiga mos bo‘lishi kerak, deyishadi. Aynan mana shunda sog‘liq bilan muammo bo‘lmas ekan. Bu mavzu o‘zimga ham qiziq tuyulgani bois dunyo fitnes murabbiylari tomonidan foydalaniladigan 5 xil vaznni aniqlash uslubi bilan tanishtirmoqchiman. Ko‘rsatmalar bilan tanishib, aslida vazningiz qancha bo‘lishi kerakligini bilib olasiz.

KETLE indeksi

Mazkur uslub shifokorlar tomonidan keng qo‘llanilib, ortiqcha yoki normal tana tuzilishi uchun yetishmayotgan vaznni aniqlashda ishlatiladi. Qarshi ko‘rsatmalariga ko‘ra esa homiladorlar, emizikli ayollar, kichik yoshdagi bolalar va keksalarda qo‘llanilmaydi.

KETLE indeksini hisoblash quyidagicha bo‘ladi. Masalan, ayolning bo‘y o‘lchami 1,6 metr, vazni 60 kg. Buning uchun vazn ko‘rsatkichini bo‘y ko‘rsatkichi kvadratiga bo‘lish kerak bo‘ladi.

Ya’ni quyidagicha: 60:(1,60x1,60)=23,44. Demak, bu holatda indeks 23,44 ga teng bo‘ladi.

Erkaklar uchun KETLE indeksidagi me’yoriy o‘lcham 19-25, ayollarda esa 19-24 oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Jon MAKKALLUM formulasi

Vaznni o‘lchash uchun mo‘ljallangan eng samarali formulalardan biri sanalib, uslubchi Jon Makkallum tomonidan ishlab chiqilgan. Formula asosida qo‘l bilagi aylanasini o‘lchash yetadi. Shunga ko‘ra :

  • Ko‘krak aylanasi o‘lchamini aniqlashda, bilak aylanasi o‘lchamini 6,5 ga ko‘paytirasiz.
  • Bo‘ksa aylanasi ko‘krak aylanasida hosil bo‘lgan ko‘rsatkichning 85 foiziga teng.
  • Bel aylanasi ko‘krak aylanasi o‘lchamining 75 foiziga teng.
  • Ko‘krak aylanasining 37 foizi bo‘yin aylanasi o‘lchamiga teng sanaladi.
  • Yelka bilan tirsakni birlashtiruvchi mushak o‘lchami ko‘krak aylanasining 36 foiziga teng bo‘ladi.
  • Bilak aylanasi ko‘krak aylanasining 29 foiziga teng kelishi lozim.

Albatta, bu hisob-kitoblar nisbiy yondashuv holos. Aslida esa har bir organizmning o‘zi uchun maqbul bo‘lgan vazn ko‘rsatkichi bor.

Yana o‘qing:  KARAMLI PIROG

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: