Toshkent davlat stomatologiya institutida “Megamaster” tanlovi o‘tkazilmoqda
Har yili Toshkent davlat stomatologiya institutida respublika tibbiyot Oliy Ta’lim Muassasalarining stomatologiya ta’lim yo‘nalishlari 3 kurs talabalari o‘rtasida innovatsion texnologiyalar asosida davolash uslublarini takomillashtirishga qaratilgan “Megamaster” tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.
Ta’kidlash joizki, ushbu tanlov talabalarning o‘zlashtirgan bilimlarini amalda sinab ko‘rish bilan bir qatorda tajriba almashish vazifasini ham o‘tab beradi.