Barmoqdagi mikrochip qulaylikmi yoki…

Shvetsiyada aholini chiplashtirish ishlari boshlandi. Odamlar bosh va ko‘rsatkich barmoqlari orasiga plastik karta, ruxsatnoma va boshqa o‘zlari bilan olib yuruvchi qurilmalarni o‘rnini bosuvchi mikrochip o‘rnatmoqda.

O‘tgan yili 100 nafarga yaqin odam shu yo‘l bilan to‘lov qilgan bo‘lsa, joriy yil bu ko‘rsatkich 4 ming nafardan oshgan. Chipning xususiyati shundaki, u elektron hamyon, bank kartalari, yo‘l chiptalari va shunga o‘xshash ruxsatnomalarning o‘rnini bosa oladi. Uning yordamida terminalga qo‘l tekkizib, to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Moslamaning hajmi guruch donasiday bo‘lib, unga GPS o‘rnatilmagan. Shuning uchun odamni kuzatish imkoniyati yo‘q.

Chip faqatgina terminaldan bir necha santimetr yaqinlikda ishlaydi. Ma’lumotni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan jinoyatchi chip o‘rnatilgan barmoqni qo‘lga kiritsagina maqsadiga yetadi.

Bunday yangilikka qarshi bo‘lganlar ham bor. Birinchidan, skeptiklar hech kim insondagi ma’lumotlarni o‘g‘irlanishidan saqlashga to‘liq kafolat bera olmaydi, deb hisoblamoqda. Ikkinchidan, qurilmada GPSning yo‘qligi vaqtincha, keyinchalik yirik kompaniyalar xodimlarining qayerda yurganliklarini bilish uchun kuzatishni yo‘lga qo‘yishlari mumkin, degan fikrni ilgari surishmoqda.

D.AZIMOVA

 

Yana o‘qing:  Diareyadan saqlaning!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: