DADAJON

Ota. Shu so'zni aytib hayqirsang,

Tog'larni bosgaydir, hayajon, vahm.

To'xtagay, qirlarda otlar ayqirsa,

Ko'nglinga g'ussalar bo'lmagay dohil.

Muvozanat toshi otalar, axir,

Xavfdan asragaydir, vatanni, shonni.

Sizni ko'rsam, dilda bir tuyg'u qalqir,

Quchganday bo'laman O'zbekistonni.

Sizdan qarzdorlik bu — vatandan qarzlik,

So'zingiz qonimga olov qo'shadi.

Shodligingiz ko'rsam ortar quvonchim,

Buloqdek ko'nglimda ilhom jo'shadi.

Dadajon, qizingiz sizga tortganda,

Ildam odimlaydi ayamay jonni.

Sizni e'zozlashni qilmayman kanda,

Asramay bo'lurmi O'zbekistonni.

Umidaxon KARIMOVA,

«Nafis g'unchalar» to'garagi a'zosi

Yana o‘qing:  Ko‘zlar rangida yashirin sirlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: