Salomatlikka oid yangi risola

Bir kishiga bir yaxshilik qilsang, ko‘rgilki, yaxshilik qilgan vaqtda u kishiga naqadar rohat yetgan bo‘lsa, sening ko‘nglingga ham undan ziyodroq shodlik va xurramlik yetishur. Agar bir kishiga yomonlik qilsang, unga naqadar ranj yetsa, sening ko‘nglingga ham ul miqdor tanglik yetishur.

Kaykovus

Mamlakatimizda inson va uning salomatligini asrash, ayniqsa, yosh avlodni har jihatdan barkamol, sog‘lom qilib o‘stirish chora-tadbirlari davlat miqyosida keng amalga oshirilmoqda. Respublikamizda barcha sohalar qatori tibbiyot sohasida ham jadal sur’atlar bilan ulkan islohotlar olib borilib, hayotga keng tatbiq etilayotir. Jumladan, teri kasalliklari sohasida mutaxassislar hududimizda ko‘p uchraydigan dermatitlar, vitiligo, temiratki, ekzema va boshqa kasalliklarning kelib chiqishi va davolash bo‘yicha chuqur ilmiy ishlar olib bormoqda.

Aytish mumkinki, teri kasalliklari fanga qadimdan ma’lum. Tib ilmining sultoni, alloma Abu Ali ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» nomli asarida qichima, qo‘tir, oq va qora dog‘lar hamda boshqa kasalliklar belgilari, ularni davolash usullari haqida yozib qoldirgan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Tohir Ibragimov ham o‘zining «Go‘zallik sirlari» deb nomlangan risolasida shu xususida so‘z yuritadi. Ushbu risola keng ommaga, shu bilan birga talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, mavzu dolzarbligi ularda katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

Muallif kitobda yuqorida keltirilgan teri kasalliklarining ayrimlari to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, birinchi navbatda uni kitobxonlarga sodda va ravon tilda yetkazib berishga intilgan. Kitobda teri anatomiyasi, sitologiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga aholida ko‘p uchraydigan husnbuzarlar, qichimalar, oq va qora dog‘larni davolash usullari to‘g‘risida aniq va keng ma’lumotlar bor.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  SOG‘LOM BOLA – MILLAT TAYANChI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: