Prezident dunyoning eng yosh grossmeysteriga maktub yo‘lladi
“O‘zbekiston mamlakatining sendek 12 yashar navqiron, azm-u shijoatli farzandi g‘oyat murosasiz ruhda o‘tgan saralash bahslarida muvaffaqiyat qozonib, jahonning amaldagi eng yosh grossmeysteri darajasiga ko‘tarilgani, dunyo shaxmati tarixidagi bu yuksak natija, hech shubhasiz, barchamizga, butun O‘zbekiston xalqiga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”.
Prezident maktubidan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 yoshida jahonning amaldagi eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylangan Javohir Sindorovga maktub yo‘lladi. Yurtboshimiz imzosi tushirilgan maktubda Javohir shaxmat olamidagi eng oliy maqom – xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgani bilan tabriklangan.