“InnoWeek” doirasidagi Xalqaro innovatsion-investitsion FORUM o‘z ishini boshladi

23 oktyabr kuni “INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi Xalqaro innovatsion-investitsion forum o‘z ishini boshladi. Tadbir poytaxtimizning “O‘zekspomarkaz”ida chet el ilmiy-innovatsion markazlari, investitsion fondlari, texnologik agentliklari, texnoparklari va biznes inkubatorlarining faol ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Suhrob Xolmuradov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, BMT ning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili Xelena Freyzer, Italiyaning Turboden S. p. A. kompaniyasi direktori Marko Barezi, O‘zbekistondagi xalqaro hamkorlik agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Muneo Takasaka, “Systematic inventive thinking” kompaniyasining ustuvor yo‘nalishlarni izlash va innovatsiyalar departamenti boshlig‘i Mishel Asiyag, O‘zbekistondagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati vakolatxonasining boshlig‘i Yorg Pudelka chiqish qildilar.

Bosh vaziri o‘rinbosari Xolmuradov Suxrob Rustamovich tadbir ishtirokchilari va mehmonlarini qutlar ekan, haftalik maqsadlariga to‘xtaldi: “Barchamizga ma’lumki, jahon tajribasiga ko‘ra, yangi texnologiyalarning rivojlanishi hamda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi bozorlaridagi raqobatning kuchayishi milliy korxonalarda innovatsion faoliyatni yanada kuchaytirish va samarali tashkil etishga qaratilmoqda.

Bu aholining tez o‘sib, o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, so‘nggi kashfiyot ishlanma va texnologiyalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishda zamonaviy usullardan keng ko‘lamda foydalanishni taqozo etmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan joriy yilda yangicha ko‘rinishda tashkil etilayotgan Innovatsion g‘oyalar haftaligi – “InnoWeek” respublikamizda 2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” mazmun va maqsadiga har tomonlama hamohang tadbirdir.

Joriy hafta davomida mamlakatimiz tom ma’noda innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar namoyishi markaziga aylanadi.

Chunki poytaxtimizda Innovatsion g‘oyalar haftaligi – “InnoWeek” doirasida “Xalqaro innovatsiyalar yarmarkasi”, “Xalqaro innovatsion-investitsion forum” va “Xalqaro robototexnika musobaqasi” kabi muhim tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirlarda Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Turkiya, Estoniya, Eron, Qozog‘iston, AQSH kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatlari, nufuzli xalqaro tashkilot va kompaniya vakillari, ilm-fan va innovatsiyalar sohasining yetuk mutaxassislari tashrif buyurishgan. Haftalikning asosiy maqsadlaridan biri Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 21 sentyabrida “2019–2021 yillarda O‘zbekiston respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘rsatilgan mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishishdan iborat”.

Yana o‘qing:  Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich o‘z nutqida Innovatsion rivojlanish vazirligining faoliyati haqida so‘z yuritib, tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida vazirlik tomonidan innovatsion rivojlanish yo‘liga tushib olgan davlatlarning tajribalarini o‘rganilgani haqida gapirdi. – Mazkur Xalqaro innovatsion investitsion forumga dunyoning 30 dan ortiq davlatlarining 53 ta nufuzli xalqaro tashkilot va kompaniya vakillari, ilm-fan va innovatsiyalar sohasining yetuk mutaxassislari tashrif buyurishgan. Tashrif davomida mazkur tashkilotlar bilan vazirlik va vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar o‘rtasida 7 ta shartnoma va 21 ta memorandum imzolanadi. InnoWeek innovatsion haftaligi doirasidagi innovatsion ko‘rgazmaning ham mohiyati aynan biz olg‘a surayotgan, iqtisodiyotimizning tez suratlar bilan rivojlanishiga zo‘r hissa qo‘shadigan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga qaratilgan. Yurtimizda avvallari o‘tkazilgan ilm-fan yarmarkalarida olimlarimizning, ilmiy-tekshirish muassasalarimizning qog‘ozda bor-u, lekin amalda iqtisodning biror sohasiga joriy etilmagan ishlanmalari, kashfiyotlari namoyish etilardi. Ularning iqtisodga naqadar muhimligi, taftologiya bo‘lsada, muhim emasdi. Bugungi yarmarkada esa biz nafaqat yurtimiz iqtisodiyotiga tatbiq etilayotgan ishlanmalarni, balki rivojlangan davlatlarning ilg‘or texnologiyalarini, so‘nggi kashfiyotlari va innovatsion tafakkur mahsullarini namoyish etmoqdamiz.

Toki yosh olimlarimiz, tadqiqotchilarimiz ulardan ilhomlansinlar, hurmatli olimlarimiz, ustozlarimiz mana shu yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga – innovatsion rivojlanish yo‘liga yetaklasinlar!

– Vazirligimiz amalga oshirayotgan katta, yangi va chin ma’noda innovatsion ishlardan biri bu Prezident Qarori bilan tasdiqlangan Fanlar akademiyasi institutlarining 43 ta loyihasi – ilmiy ishlanmalarining tijoratlashtirilayotganligidir. Ushbu ishlanmalar mustaqil O‘zbekiston tarixida Prezident qarori asosida birinchi marta olimlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy natijalar tijoratlashtirish maqsadida “ilmiy-tadqiqot muassasasi (sotuvchi) – vazirlik va idora (sotib oluvchi) – bank (mablag‘ ajratuvchi)” mexanizmi asosida iktisodiyotning tegishli tarmoq va sohalariga tatbiq etilmoqda.

Forum faqat innovatsiyalar emas, investitsiyalar haqida ham so‘z yuritishni taqozo etadi. Negaki innovatsiyalarni investitsiyalarsiz, va aksincha investitsiyalarni esa innovatsiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Vazirlik tashabbusi bilan Fanlar akademiyasining 2 ta ilmiy-tadqiqot institutlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Xorazm ma’mun akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun jami 20,6 mln. AQSH dollari, 27 nafar professor – o‘qituvchilar va doktorantlarni malaka oshirish, stajirovka o‘tashlari, konferensiyalarda ishtirok etishlari bo‘yicha jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 47,4 ming AQSH dollari, xorijiy fuqarolar uchun ta’lim xizmatini tashkil qilish orqali 5,5 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etildi. Bundan tashqari, hozirgi kungacha 67 ta oliy ta’lim muasssasalariga jami 14,7 mln. dan ziyod xorijiy investitsiyalar jalb etildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2019 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalari 9 tani tashkil etib, bular xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur loyihalarning 6 tasi bo‘yicha manbasi va hajmi aniqlashtirilgan bo‘lib, umumiy qiymat 335,7 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Vazirlik tashabbusi bilan ilm-fanni rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator tanlovlar ham amalga oshirilmoqda.

Yana o‘qing:  Toshkentda yil oxirigacha mingta bankomat o‘rnatiladi

Jumladan, “Birinchi milliy innovatsion tadqiqotlar”, “Yosh olimlar”, “Taraqqiyot”, “Startap” loyihalari hamda dolzarb tematik tadqiqotlar tanlovlaridir. Bugungi forum esa mana shu amalga oshirilgan ishlarimizga yangicha shiddat olib kiradi, deb umid qilamiz.

Forum ishtirokchilari kelajagimizning barqarorligini ta’minlaydigan innovatsion yo‘nalishlarni ko‘rsatishlariga ishonamiz.

 

Maryam QODIROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: