Interfaol – U-Report ishga tushirildi
Poytaxtimizdagi “Zarafshon” madaniyat zalida yangi raqamli platforma – U-Report loyihasi ishga tushirildi.
YUNISEF, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublika Oliy Majlis hamda Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan ushbu loyihada o‘quvchilar, talabalar, ittifoq a’zolari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat 600 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
Mazkur interfaol vosita orqali hukumat, Yoshlar ittifoqi va Parlament tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni chiqarishda foydalanilish mumkin. U-Report doirasida yoshlar SMS, Facebook va Telegram orqali bo‘ladigan doimiy so‘rovlarda ishtirok etishi mumkin.