Dunyoda muvaffaqiyat qozongan yangilik endi O‘zbekistonda

Xalqaro diabet federatsiyasining ma’lumotiga ko‘ra dunyoda 400 million nafardan ko‘proq katta yoshli aholi qandli diabetning ikkinchi turidan aziyat chekmoqda. Achinarlisi, ularning qariyb yarmida kasallik yashirin tarzda kechmoqda. Bu aholi o‘rtasida tibbiy profilaktika va skrining tadbirlarini yanada rivojlantirishni taqozo etadi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda qandli diabetning ikkinchi turini skrining qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha ayni maqsadga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu loyiha doirasida mamlakatda olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida kasallikni skrining qilish metodologiyasini o‘rganish bo‘yicha ekspertlar guruhi tuzildi. Uning tarkibida dunyoning taniqli olimi Yakov Paxomov ham bor.

Shu kunlarda mamlakatda bo‘lib turgan Ya. Paxomov boshchiligidagi xorijlik nufuzli ekspertlar va mutaxassislardan iborat delegatsiya bilan sog‘liqni saqlash vaziri A. Shodmonov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda aholiga endokrinologik yordam ko‘rsatishning bugungi holati, sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bu jarayonda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilayotgan e’tibor xususida so‘z bordi. Qandli diabet kasalligi, xususan, uning ikkinchi turini erta aniqlashda jahon amaliyotida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar, jumladan, Ya. Paxomov tomonidan ilgari surilayotgan O‘zbekiston aholisini qandli diabetning ikkinchi turiga skrining tekshiruvidan o‘tkazish loyihasi yuzasidan fikrlashildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha joriy yilning oktyabr oyidan boshlanadi. Dastlab Namangan shahri va To‘raqo‘rg‘on tumani, Buxoro shahri hamda G‘ijduvon tumanlaridagi tibbiyot muassasalarida tajriba loyihasi amalga oshiriladi.

 

Diabet xastaligining dastlabki bosqichlari deyarli sezilarsiz kechadi, – kasalliklarni skrining qilish metodologiyasini o‘rganish bo‘yicha ekspert Yakov PAXOMOV. – Bu jarayonda shifokor tomonidan dastlabki tashxis qo‘yilgunga qadar 10 yilgacha vaqt o‘tishi mumkin. Natijada kasallik yashirin davrda keskin rivojlanishi oqibatida bemorning buyrak, yurak, qon-tomir tizimi, ko‘z sohasi hamda boshqa organlarida jiddiy asoratlar yuzaga keladi. Xastalikka qanchalik kech tashxis qo‘yilsa, uni davolash bemor uchun ham, davlat byudjeti uchun ham katta tibbiy-ijtimoiy muammodir. Bu borada eng maqbul va samarali yo‘l – kasallikni erta aniqlash. Bizning loyihamiz ayni shu maqsadga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

 

O‘zbekistonda diabet kasalligini erta aniqlash va profilaktikasi bo‘yicha tadbirlarga start berildi. Mamlakatimizda qandli diabetning ikkinchi turini skrining qilish loyihasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda tajriba sifatida belgilangan hududlarda O‘zbekiston uchun to‘g‘ri va maqbul usulni aniqlab olishga e’tibor qaratiladi. Buning uchun aholi o‘rtasida skrining tekshiruvlari amalga oshiriladi va ularda qandli diabetning ikkinchi turini erta aniqlashga qaratilgan turli yondashuvlar testdan o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda aniqlangan samarali usullar asosida respublika miqyosida tibbiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladi.

Yana o‘qing:  Yuksak natijalar bilan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: