Mashhur psixolog va pedagogdan aqlli ota-onalar uchun foydali ko‘rsatmalar

Yuliya Borisovna Gippenreyter — mashhur psixolog, qobiliyatli pedagog, professor, bola tarbiyasi bo‘yicha ko‘plab kitob va qo‘llanmalar muallifidir. U yuqori malakali mutaxassis bo‘lishdan tashqari, so‘z ustasi hamdir. Shu sababdan uning bolalar psixologiyasiga oid murakkab mavzulardagi yo‘l-yo‘riqlari va maslahatlarini tushunish oson, ular barcha uchun tushunarli va sodda tilda bayon etilgan.

Muallifning so‘zlari biz ota-onalarni hammasi o‘z-o‘zidan iziga tushib ketishini kutmasdan, o‘zaro munosabatlar ustida ishlashga undaydi. Quyida keltirilgan tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar chuqur ma’noga ega bo‘lib, ularni yaxshilab mushohada qilish talab etiladi.

Itoatsizlik – bu bola o‘ziga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘l.

«Quloqsiz», «muammoli», «o‘ziga ishonmaydigan» va «baxtsiz» bolalar – doim noto‘g‘ri shakllangan oilaviy munosabatlarning natijasidir.

Bolani hech bir shartsiz qabul qilish – bu uni chiroyli, aqlli, qobiliyatli, a’lochi, yordamchi bo‘lganligi uchun emas, shunchaki borligi uchun yaxshi ko‘rishni anglatadi!

Bolani qancha ko‘p urushsak, u shuncha yomonlashib boraveradi. Ota-onaning vazifasi bolada shartli reflekslarni ishlab chiqishdan iborat emas.

Ota-ona qanchalik tez-tez bolaga zarda qilib, uni tanqid qilib, jerkib tursa, u shuncha tez «Meni yaxshi ko‘rishmaydi» degan xulosaga keladi.

Tartib-intizom yaxshi aloqalar o‘rnatilishidan avval emas, faqat ulardan so‘ng va ular asosida shakllanadi.

Bola yordam so‘ramagan paytda uning ishlariga aralashmang. Uning ishlariga aralashmaslik orqali unga «Hammasi joyida! Sen albatta uddalaysan!» degan undov berasiz. Farzandingiz murakkab vaziyatlarga duch kelgan hollar bundan istisno, albatta.

Bolaning shaxsiyati va qobiliyati faqat uning o‘zi qiziqqan va istagan mashg‘ulot bilan shug‘ullanganda rivojlanadi.

O‘smirlikdagi moda ketidan ergashish xuddi suvchechak kabidir – aksariyat bolalar uni o‘ziga yuqtirib, yengil yoki og‘irroq boshdan kechiradi, bir necha yildan so‘ng esa ortiga o‘girilib, o‘zining kulgusi qistaydi.

Farzandingizga o‘z harakatlari yoki harakatsizligining salbiy oqibatlari bilan yuzma-yuz kelishiga imkon bering. Shundagina u ulg‘aya boshlaydi va o‘z harakatlarini idrok eta boshlaydi.

O‘z noroziligingizni bolaning alohida harakatlari yuzasidan bildirishingiz mumkin. Bolaning harakatlarini muhokama qilish mumkin, uning his-tuyg‘ularini emas. Bola harakatlaridan ko‘ngil to‘lmaslik muntazam bo‘lmasligi kerak, aks holda bu uni qabul qilmaslikka aylanadi.

Yana o‘qing:  Yaxshi kayfiyat emdori samaradorligini oshiradi

Bolaning nomaqbul xatti-harakati hayotning normal bo‘lmagan shart-sharoitiga javoban normal reaksiyasidir.

Qattiqqo‘l ona boladan hissiy uzoqlashgan hisoblanadi, har holda bola shunday his qiladi.

Bolaning o‘zligini saqlab qolishiga imkon bering. Unga doim nimalarnidir qilishga majburlab, nasihat qilib, siz aytgan vazifalarni nima bo‘lishidan qati’ nazar bajarishga undamang.

O‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini tarbiya qilish – bu bola tarbiyasi uchun da’vogar ota-ona va o‘qituvchining birinchi burchidir.

Farzandingiz xafa bo‘lgan, ranjigan, omadsizlikka uchragan yoki nimadandir uyalgan yoki qo‘rqqan holatlarda, yo unga nisbatan qo‘pol yoki nohaq munosabatda bo‘lishganda va hattoki u juda charchaganda ham birinchi qilishingiz lozim bo‘lgan ish — bu uning holati yoki kechinmalaridan xabardor ekanligingizni unga bildirishdir!

 

Maqolani tayyorlashda «Ya Happy mama» sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: