Valeologiya sirlari. Ona tabiat bilan uyg‘un yashang

Xalqimizda “Boylikning boshi sog‘liq” degan maqol mavjud. Chunki salomatlikni har qancha moddiy boylik va mablag‘ evaziga sotib olib bo‘lmaydi. Inson mustahkam salomatlikka ega bo‘lgandagina baxtli yashashi mumkin. Sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashagan odamlar har jihatidan me’yorni saqlay bilishi kerak. Bu “oltin o‘rtalik qoidasi” – ya’ni, me’yorning buzilishi esa albatta, salomatlikka zarar yetkazadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra salomatligimizning 50-55 foizi turmush tarziga, 18 foizi esa irsiy kasalliklarga, 17 foizi ekologiyaga, 8-10 foizi o‘z vaqtida bizga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga bog‘liq ekan. Har bir inson mustahkam salomatlikka qanday erishish yo‘lini va uni mustahkamlash sirlarini chuqur bilishi zarur. Hamda bu bebaho ne’matni asrashning yagona yo‘li – sog‘lom turmush tarzi ekanligini anglab yetishi lozim. Turmush tarzi – bu kundalik hayot tartibi. Uni belgilovchi bosh omil insonning o‘zidir. Sog‘lom turmush tarzi (lotincha “vaieoiogiya”) – bu insonning hayoti va salomatligining xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko‘nikmalarga amal qilib, uning asosida kun tartibini ongli ravishda yo‘lga qo‘yishidir. Bu shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi zararli omillar bo‘lmasligi, inson ulardan o‘zini chetga olishi kerak. Sog‘lom turmush tarzining asosiy yo‘nalishlariga shaxsiy va jamoa gigiyena qoidalariga amal qilish kiradi. Shuningdek, jismoniy faollik hamda kun tartibiga rioya qilish, zararli odatlardan tiyilish va sog‘lom ovqatlanishning ham inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Yana mehnat qilish va dam olish, muomala madaniyati, ruhiy xotirjamlik va tibbiy madaniyat hamda jinsiy tarbiya kabi omillar ham valeologiya asosiga kiradi. Agar sog‘lom bo‘lay desangiz, eng avvalo, o‘zingizdagi zararli odatlardan qutilishga harakat qiling. Buning uchun ularning zarari va oqibatini har doim tasavvur qiling hamda tanqidiy baholab boring.

Ovqatlanishda me’yor va taomnomaning xilma-xilligiga katta e’tibor bering. Tana og‘irligining ortiqcha bo‘lmasligiga erishing. Pala-partish ovqatlanishga chek qo‘ying. Jismoniy faol bo‘ling. Buning uchun dastlab bo‘g‘imlarni harakatga keltiruvchi mashqlarni bajaring. Buni uy sharoitida bajariladigan mashqlardan boshlash mumkin. Ertalab turib sayr qilish, asta-sekin esa yurish mashqlarini yugurishga aylantiring. Kundalik harakat dasturingiz oz bo‘lsa ham doimiy bajariladigan mashg‘ulotlardan iborat bo‘lsin. Kun tartibini to‘g‘ri rejalashtiring.

Yana o‘qing:  Emlash – virusli gepatit profilaktikasida muhim omil

Har kuni erta uyquga yotib, barvaqt turishga odatlaning. O‘qish davomida tanaffuslarga rioya qiling. Tanaffuslar vaqtida ochiq havoga chiqing. Taomnomangizda oziq-ovqat mahsulotlarining sarxil bo‘lishiga erishing.

Odamlar bilan o‘zaro muomala va munosabatlarda axloq-odobga hamda jamiyat qonunlariga rioya qiling. Ruhiy salomatlikni asrang. Oilaviy munosabatlar ham o‘zaro munosabatlarning davomi hisoblanadi. Oilaviy juft tanlashda asosiy talabni chiroy, mavqe, boylik kabi omillarga qarab emas, balki, ushbu hayotiy muhim masalani tibbiy-biologik va ijtimoiy-psixologik omillar nuqtai-nazaridan hal qilishga harakat qiling.

Tozalikni odat qiling. Bu borada bilim va malakangizni mustahkamlab boring. Shaxsiy gigiyena qoidalariga ya’ni, qo‘l va tirnoqlar tozaligi, og‘iz bo‘shlig‘i hamda soch parvarishi, teri tozaligi qoidalariga rioya qilish ham aslida sog‘lom hayot kechirishning asosiy omili hisoblanadi. Har bir texnika va mexanizmlardan foydalanishda hushyor bo‘ling. Kelajakda sog‘lom farzandlar tug‘ilishini ta’minlash uchun oilaviy turmush qurishga shaylanayotgan yigit va qizlar tibbiy nuqtai nazardan kishi organizmining yetilish davri, nikoh gigiyenasi va jinsiy hayot hamda sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlardan xabardor bo‘lishlari lozim. Shifokorlar huzurida bo‘lib, yilda kamida 1 marotaba profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘ting. Chunki kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish osonroqdir.

Salbiy ruhiy holatlar ko‘pincha xastaliklarni, jumladan, qon bosimi, nevroz, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi xastaligi, saraton, qandli diabet singari kasalliklarni keltirib chiqaradi. Olimlarning fikricha, inson ortiqcha his – hayajonga berilmasligi, aksincha, aql bilan ish tutib, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yib yashashi va shunga yarasha mehnat qilishi lozim.

Siz yuqoridagi ka’tiy talablarni o‘z turmushingizga tatbiq etganingizdan so‘ng sog‘lom turmush tarzining har bir yo‘nalishini rivojlantirishga harakat qilib boring. Buning uchun oilada va ishxonada sog‘lom turmush tarzi va sihat – salomatlikni saqlash, jismonan barkamollikka erishish to‘g‘risidagi qo‘llanmalarni o‘qib borish muhim. Teledasturlardagi salomatlik va jismoniy barkamollik mavzusidagi ko‘rsatuvlarni muntazam ko‘rib borish, shu sohaga aloqador bilimlar doirasini kengaytirish va tibbiy savodxonlikni oshirib borish zarur. Sog‘lom turmush tarziga oid ko‘nikmalar kamida 2-3 oyda shakllanib, 5-6 oyda ular mustahkamlanib, 1 yildan keyin esa bunday turmush tarzi Siz uchun kundalik odatga aylanadi. Eng avvalo, siz sog‘liq qanday bebaho va ulug‘ ne’mat ekanligini tushunasiz. Faol insonlar bilan do‘stlashing. Ularning suhbatlari Sizda sog‘lom turmush tarzi shakllanishiga va bu sohada bilimlaringizni boyishiga yordam beradi. Sizning bu intilishlaringiz oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz hamda tanishlaringizni ortingizdan ergashtirishga xizmat qilsin.

Yana o‘qing:  “FARZANDIM NEGA KO‘P KASAL BO‘LYAPTI?”

 

Gulbahor ABDULLAYEVA,

Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish

ilmiy tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: