Cho‘ntak elektrostansiyasi
“Kraftwerk” USB port orqali boshqa qurilmalarni quvvatlantiruvchi yonilg‘i generatorining protipi hisoblanadi.
U gazda ishlaydi va tadqiqotchilarining so‘zlariga qaraganda bir marta to‘ldirilgan gaz bilan iPhoneni o‘n bir marta quvvatlantirishi mumkin.
Ushbu qurilma gaz bilan to‘ldirilganda 200 gramm og‘irlikka ega bo‘ladi. O‘lchamlari 10x7,5x3 sm. ga teng. Bir dona USB port bilan jihozlangan. Uni oddiy zajigalkalarni to‘ldiradigan gaz balloni yordamida to‘ldirish mumkin. Gaz tugayotganligi haqida yorug‘lik LED indikatori yordamida signal beradi. Hozirda ishlanma mualliflari qurilmani ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun mablag‘ to‘plamoqdalar.