Matematiklarimiz muvaffaqiyati

Bugungi kunda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘qitish standartlarini takomillashtirish va shu asosda zamonaviy o‘quv dasturlari, rejalari, darslik va qo‘llanmalarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o‘z ijobiy samarasini bermoqda.

Joriy yilning 1-6 iyul kunlari Bolgariyaning Burgas shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada hamyurtlarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki bunga yaqqol misoldir. Mazkur musobaqada ular 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Maktab o‘quvchilarining xalqaro matematika musobaqasi (International Mathematics Competition) dunyoning iqtidorli o‘quvchilari uchun eng katta va muhim forum hisoblanadi. Mazkur musobaqada ishtirok etish har bir mamlakat uchun ulkan sharaf hisoblanadi. Har yili iyul oyida o‘tkaziladigan musobaqada dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan kelgan 600 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro bellashadilar.

Mazkur nufuzli musobaqada beshinchi marta ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi shu yili musobaqada ishtiroki tarixida ilk marotaba umumjamoa hisobida eng ko‘p medalni qo‘lga kiritdi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-IDUMning 8-sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov oltin medal, shu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev va Peshku tumanidagi 18-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Jahongir Norboyev kumush medal, Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Iskandar Bo‘riyev hamda Uchtepa tumanidagi 4-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Muhammadrizo Majidov bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

 

Musobaqa masalalari men uchun murakkablik qilmadi, – deydi oltin medal sohibi Doniyor Ismoilov. – Bu ustozlarimning maktabda menga puxta bilim bergani, musobaqaga tayyorgarlik chog‘ida mashaqqatli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganimiz tufaylidir. Xalqaro musobaqadagi bir necha masaladagi topshiriqlar tuzilishi menda qiziqish uyg‘otdi.

 

Yurtimzda maktab o‘qituvchilari an’anaviy o‘qitish uslublariga sodiq qolgan holda, innovatsion ishlanmalarni faol qo‘llab kelmoqda. O‘quvchilarda erkinlik va tashabbuskorlikni shakllantirishga alohida ahamiyat qaratiladi. Bu kelajakda ularning muhim ijtimoiy va professional vazifalarni amalga oshirishiga asos bo‘ladi. Bolalarda algoritmlarni ishlash, masala tuzish va uni yechishda amallar ketma-ketligini belgilash, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazish, matnlarni ongli o‘qish hamda ularning ma’nosini chaqish, kuzatish ob’yektlarini tasvirlash, ularni taqqoslash, qiyosiy natijalar bo‘yicha shaxsiy mulohazalarni bildirish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Ishtirokchilar mazkur olimpiadada nafaqat katta tajriba to‘pladi, balki yangi do‘stlar ham orttirishdi. O‘zbekistonning ana shunday yoshlari yana kelgusida yangi bilim cho‘qqilarni zabt etib, xalqaro miyosda yurtimiz sharafini himoya qilishi shubhasiz.

Yana o‘qing:  Darslarga ijodiy yondashuv

 

Ma’mura SAIDMURODOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: