G‘amxo‘rlikning me’yori bor (mi?)

Doimo oilasining diqqat markazida, ota-onasining g‘amxo‘rligi ostida ulg‘ayayotgan bolaning xatti-harakatlarini hech kuzatganmisiz? Agar uning o‘yinchog‘i tortib olinsa yoki xohish-istagini atrofidagilari tushunmasa bormi, bu holatda bolakay mustaqil qaror qabul qilolmay, ota-onasining pinjiga suqiladi, yaqinlaridan ko‘mak istaydi. Ular notanish insonlar, hatto, o‘z tengdoshlari bilan ham til topishib ketishi qiyin kechadi.

Ota-ona o‘z farzandini himoyalashi, keragidan ortiq erkalashi tabiiy hol, ammo bu bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. G‘amxo‘rlikning me’yordan oshishi, ya’ni giperg‘amxo‘rlik bolada mustaqil fikrlashni yo‘qotib, qo‘rqoqlikni keltirib chiqaradi. O‘qish, hatto, yurish-turishda ham nuqsonli holatlar yuzaga kela boshlaydi.

 

Xo‘sh, ota-onalarning g‘amxo‘rligi haddan ortib ketganini qanday bilish mumkin?

 

1.Kichkintoy bolalar maydonchasida bexosdan yiqilib tushmasligi yoki tengdoshlari uni xafa qilib qo‘yishidan xavotir olib, uni o‘sha joyga olib bormaslik.

2.Bola mustaqil o‘zi ovqatlanyotganda unga zarur bo‘lmasa-da ko‘makka oshiqish.

3.Ota-onalar farzandidan nimalarni o‘ylayotgani haqida muntazam so‘rab borishi, uning barcha o‘y-xayollaridan boxabar bo‘lishga o‘zini mas’ul deb hisoblash.

4.Farzandini o‘rtoqlari xafa qilgan bo‘lsa, ulardan uzr so‘rashini talab qilish.

5.Aytaylik, bola notanish inson bilan gaplashishga qo‘rqyapti. Bu vaziyatda farzandning o‘rniga barcha savollarga javob berish.

 

Nima qilmoq kerak?

Agar ota-ona o‘zida bunday odatlardan birortasi borligini payqasa, quyidagi tavsiyalar bilan tanishishlari mumkin.

Mustaqil harakatni rag‘batlantirish.

Bolaning o‘zi mustaqil qila olishi mumkin bo‘lgan barcha yumushlarga aralashmaslik kerak. Garchi, ishini oxirigacha yakunlamagan bo‘lsada, uni rag‘batlantirib, maqtab qo‘yish ziyon qilmaydi.

Ichki xotirjamlik.

Farzand ota-onadagi besaranjomlikni tez payqaydi. Buni ko‘rsatmaslikka harakat qilish zarur. Unutmaslik kerakki, ota-ona qancha xotirjam bo‘lsa, bola ham shuncha sokin bo‘ladi.

 

Shaxsiy namuna

Agar ota-ona stress (ruhiy zo‘riqish) holatida o‘zini nazorat qila olmasa, bolada ham xuddi shunday holat kuzatiladi. Ota-ona o‘zidagi besaranjomlik va qo‘rquvni qanday qilib bartaraf etishini dilbandiga shaxsiy namuna sifatida ko‘rsatib berishi zarur.

 

Kattalar bilan muloqot.

Giperg‘amxo‘r ota-onalar farzandining maktabdagi ichki muammolarini o‘zlari aralashgan holda hal etishga odatlangan bo‘ladi. Dilbandini mustaqil, o‘z fikriga ega bo‘lishini istaganlar uning o‘z muammolarini o‘zi hal qilishiga imkon berishi kerak.

Yana o‘qing:  Suvda suzuvchi shahar

Do‘stlar bilan muloqot.

Bolangiz do‘stlari bilan o‘zaro tortishuvga borsa, darrov ularning o‘rtasiga tushish yaramaydi. Agar farzandingiz xato qilgan bo‘lsa, u bu uchun saboq oladi. Bora-bora bu hayot faoliyatida, do‘stlar bilan o‘zaro muloqot qilishda yaxshigina dars vazifasini o‘taydi.

Shunday ekan keragidan ortiq g‘amxo‘rlik ortidan yuzaga keluvchi ko‘ngilsizliklardan ehtiyot bo‘laylik.

 

Ra’no TURSUNOVA,

2-Respublika tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: