BOLA HUQUQLARI – QONUN HIMOYASIDA

Yurtimizda voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish borasida va yosh avlod tarbiyasi sohasida juda ko‘plab ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning bilim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, bir so‘z bilan aytganda o‘z iqtidorini to‘la namoyon etishi uchun bugun mamlakatimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, O‘zbekiston “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyani ratifikatsiya qilinishi va ushbu xalqaro xujjatni milliy qonunchiligimizga moslashtirish majburiyatini ijro etish yuzasidan 2007 yil 23 noyabrda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi yuqoridagi ezgu ishlarga qonuniy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 22-moddasida belgilanganidek bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiste’mol qilganda bola o‘z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab, vasiylik va homiylik organiga, o‘n to‘rt yoshga to‘lgandan keyin esa mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Bolaning hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘ilganligidan, uning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqida bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishlari shart. Shunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘radi.

Huquqiy demokratik jamiyat qurar ekanmiz, mamlakatimizda bola huquqlarini to‘la himoyalash, uning to‘laqonli yashashi, shaxs sifatida kamolga yetishiga shart-sharoit yaratish bosh maqsadimiz bo‘lib qolmog‘i lozim. Zero, bugungi yoshlar ertaga yurtimizning ishongan kuchiga aylanadi.

D. ADILOVA,

Yunusobod tumani 1-sonli davlat notarial idorasi notariusi

Yana o‘qing:  BILASIZMI?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: