Tarvuzdan muzqaymoq

Yozing jazirama kunlarida turli meva va poliz mahsulotlarini iste’mol qilish inson organizmi uchun juda foydalidir.

Shu sababli, sizlarga xalqimiz sevib iste’mol qiladigan ajoyib poliz ekini – tarvuzdan tayyorlanuvchi muzqaymoq haqida ma’lumot beramiz.

Tarvuz meva emas, balki bodringdoshlar oilasiga mansub sabzavotdir. Bundan besh ming yil avval Qadimgi Misrda yetishtirilgan. Tarvuz 90 foiz suv, 10 foiz fruktozalardan tashkil topgan. Unda A, B6va C vitaminlari hamda boshqa mikroelementlar bor. Shu bois, ko‘pgina kasalliklarga davo ekanligi tibbiyotda tasdiqlangan.

Aynan tarvuz po‘stlog‘ida tortiladigan desert yozning issiq kunlarida salqinlik, ajoyib ta’m baxsh etadi.

Zarur masalliqlar:

1 dona tarvuz

1 stakan shakar

1 stakan suv

Tayyorlanishi:

1. Tarvuz yuviladi, o‘rtasidan ikki bo‘lakka kesiladi va lahm joyi qirib olinadi.

2. Urug‘laridan tozalanib, lahm joyi blenderda (maydalagich) ko‘pirtiriladi. Suv bilan shakar upasi qiyom holiga kelguncha qaynatiladi.

3. Tayyor bo‘lgan tarvuz sharbati va qiyom aralashtiriladi. Muzlatgichga 2-3 soatga yoki bir kechaga qo‘yiladi. Uni muzlatgichdan olib, blenderda ko‘pirtiramiz. Aralashmaga shokolad burdalarini ham solish mumkin. Ular tarvuz danaklari ko‘rinishini hosil qiladi.

4. Tayyor muzqaymoq tarvuz po‘stlog‘iga joylashtiriladi va 3-4 soatga yana muzlatgichga qo‘yiladi.

5. Iliq suvda namlangan pichoq bilan tarvuz bo‘laklari kabi kesiladi va darhol dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

Yana o‘qing:  Avgust kengashlari ish boshladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: