O‘smirlar olimpiya o‘yinlariga yana bir yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Toshkentda sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati start olgani haqida xabar bergandik. Kecha poytaxtdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarda – 60 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asilbek Ne’matov qit’a chempionatining hal qiluvchi final bahsida eronlik raqibi Shahin Mufradni 11: 3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi hamda shu yilning oktyabr oyida Argentinada o‘tkaziladigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Amirbek Sultonov va Muhammadali Saydullayev kumush, Abror Atabayev, Lazizxon O‘zbekov hamda Abrorbek Nurmuhammedovlar bronza medali sohibiga aylandi.

Bugun yunon-rum kurashida yana uchta vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, musobaqa davomida ayollar kurashi va erkin kurash bahslari ham o‘tkaziladi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  “TAQDIRIMSAN, BAXTIMSAN, ERKIN VA OBOD VATAN!”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: