Yosh sportchilar sinovlarda toblandi

“Umid nihollari” sport musobaqalarining Buxoro viloyati bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aytish kerakki, bu yilgi bellashuvlar oldingilaridan ommaviyligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi. Unda o‘n yillik ta’lim tizimi joriy etilishi natijasida yuqori sinf o‘quvchilari ham qatnashdi. Shuningdek, bu yilgi sport o‘yinlari dasturiga milliy kurash, turon yakka kurashi, belbog‘li kurash, o‘zbek jang san’ati turlari ham kiritildi.

Musobaqalar yakunida umumjamoa hisobida G‘ijduvon tumani vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ularga Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomashinasi topshirildi. Ikkinchi va uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan Buxoro shahri hamda Vobkent tumani jamoalari tegishli darajadagi kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Yana o‘qing:  O‘LCHASHNING ANIQLIGI YANADA OSHADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: