Tafakkur sandig`i (2013-32)
Abu Ali ibn Sino
Ruh – jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mustaqil fikrlaydi.
* * *
Tiriklik jismning idrok va harakatga ega bo‘lmog‘i demakdir.
* * *
Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.
* * *
Hakimning uch quroli bor: so‘z, giyoh va tig‘.
Yolg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin.
* * *
Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.
* * *
Ruh – shamchiroqqa, bilim – ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‘duga, Allohning zakosi – moyga o‘xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‘xtamas ekan – sen tiriksan. Agar u o‘chsa – sen halok bo‘lasan.