Dilozor

Taqir yaydoq dala bo‘ylab sahroyi shamol esdi. Lattatikanning bor qaddi-bo‘yi yerga qarab egilganidan uzilay-uzilay deydi. Yonginasida o‘sgan chaqirtikanak bo‘lsa, bunga parvo qilmas, joyidan “qilt” etmasdi.

– Shunchalar ham bo‘z bo‘lamanmi, qush qo‘nmas barglarim shalvirab tursa. Tikanlarim ham nomigagina bor, hech jonni og‘ritmaydi… Nega?

– Isming jismingga biram moski, odam bolasi senga bilib “lattatikan” deb nom qo‘ygan. Men esam zinhor unday emas, sening aksingman, – deya chaqirtikanak g‘oz kerish qilib, o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘libdi.

– Odam bolasi menga yaqinlasha olmaydi, tegib ko‘rsin-chi, “shiringina joni achishadi”, diydasiga halqa-halqa yosh qalqiganini o‘zi ham sezmay qoladi.

– Bunchalar dilozor bo‘lib yaralmasang ekan bu dunyoda, tavba!

Ertasi kun saharlab bu joydan odam bolasi so‘qmoq oralab ketar chog‘da, oyog‘iga nimadir ilindi. Bu holdan bexabar lattatikan ne ko‘z bilan ko‘rsinki, gerdayib turguvchi maqtanchoq dilozordan asar ham yo‘q edi…

 

Dilfuza TILLAYEVA

Yana o‘qing:  Qizning baxti sepdami?..

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: