Jahon kubogi Rossiya davlatiga keltirildi
Tokio shahridan tantanali ravishda kuzatilgan FIFA – 2018 Jahon kubogi seshanba kuni maxsus reys bilan Rossiyaning Vladivostok shahriga olib kelindi.
Aeroportdagi tantanali uchrashuvdan so‘ng jahon kubogi Vladivostokning markaziy maydoniga keltiriladi. Kutib olish marosimidan so‘ng stadionda nogiron sportchilar uchun yunifayd-match o‘tkaziladi.
Jahon kubogi Rossiyaning 8 shahrida “mehmon” bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha jahon chempionatiga joriy yil 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiya davlati mezbonlik qiladi.