O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

RAMAZON HAYITINI NISHONLASH TO‘G‘RISIDA

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2013 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 9 avgust juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2013 yil 9 avgust dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamg‘armalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV

Toshkent shahri,

2013 yil 7 avgust

Yana o‘qing:  Joriy yilda “O‘zbekengilsanoat” tomonidan beshta davlatda savdo uylari ochiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: