Toshkent Janubiy vokzali tubdan rekonstruksiya qilindi
Toshkent Janubiy vokzali tubdan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Ma’lumki, Toshkent Janubiy vokzali binosi 1963 yilda qurilgan.
Uning umumiy maydoni 9,2 gektar, 650 metrlik 3 ta perron mavjud. Yana bu yerda diametri 14 metrlik ikkita zamonaviy favvora qurilgan. Yoz kunlari ushbu joyda ular iqlim musaffoligini ta’minlab, yo‘lovchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Vokzal bir vaqtning o‘zida 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lib, bir kecha-kunduzda 20 000 nafar yo‘lovchilar 19 poyezdda kutib olinadi va kuzatiladi.