Orzularim ro`yobi

Men garchand istiqlol farzandi bo'lsamda, buvijonim so'zlaridan o'tmishning suronli kunlarini ko'z oldimga keltira olaman. «Bizning yoshligimizda orzular, ulug' rejalar tuzish qayda! Boshimiz mehnatdan chiqmas edi. Qora qozon qaynaganiga xursand bo'lardik. Ba'zida shu ham yo'q bo'lardi. Ammo men taqdirimdan nolimayman. Chunki, men o'z orzularimni sening nigohlaringda ko'raman», – deydi buvijonim.

Darhaqiqat, istiqlolning o'tayotgan har bir yilida mening orzularim ham bitta-bitta ushalib bormoqda. 2010-yilda «Mo'jaz gul» nomli she'riy to'plamim nashrdan chiqdi. Ko'plab she'riy chiqishlarim va publitsistik maqolalarim natijasida bu yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini qo'lga kiritishim navbatdagi istaklarimning ro'yobi bo'ldi.

Men shu yurt tuprog'ida unib-o'sayotgan chechakligimning o'zi bir baxt. Istiqlol nashidasini surayotgan yaqinlarim bag'rida unib-o'sayotganim va uning kelajagi uchun o'z iqtidorim bilan oz bo'lsada hissa qo'sha­yotganim, mustaqillik berayotgan ne'matning ifodasidir deb o'ylayman. Zero, farzandlarining bekam-u ko'st bo'lib voyaga yetayotgani, yurt uchun xizmat qilayotganini ko'rish ota-ona uchun, el va yurt uchun nechog'lik oliy baxtdir.

Mahzuna ABDURASULOVA,

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, Sirdaryo viloyati

Яна ўқинг:  Sharq gavhariga sayohat

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: